Navoiy viloyati hokimiga qilingan murojaat ijobiy hal qilindi
Kuni kecha Navoiy viloyati hokimi N. Tursunov Navbahor tumanidagi "Keskanterak" MFYda boʻlib, fuqarolar bilan uchrashgani, ularning ichki yoʻllarni shagʻalashtirish va boshqa turdagi maishiy masalalar boʻyicha murojaatlarini qisqa fursatlarda ijobiy hal etish borasida mas’ullarga koʻrsatma bergani haqida xabar qilgan edik.
Viloyat rahbari tashrifi kuniyoq tuman hokimligi, yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi va obodonlashtirish boʻlimi tomonidan "Keskanterak" mahallasining "Ezgulik" va "Hurriyat" koʻchalaridagi 1 kilometrdan koʻproq ichki yoʻllarni shagʻalashtirish ishlari boshlab yuborildi.
Hudud fuqarolari amalga oshirilayotgan ishlardan mamnunliklarini bildirishib, yurtimizda davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Inson qadri uchun” tamoyili asosida aholiga munosib turmush sharoiti yaratishga qaratilgan islohotlar oʻz koʻchalarida isbotini topayotgani uchun Prezidentimizga va viloyat rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdilar.
Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)