OTA UYI MEHRI
Bugungi tong har qachongidan ham boshqacha, har qachongidan ham fayzliroq edi nazarimda. Doim bir xil vaqtda uygʻonsamda lekin bugun har qachongidan tetikman. Tezda uy ishlarini bitirib jajji barmoqchalaridan tutib oʻgʻlimning yuzchalarini chaydim va ustiga chiroyli bejirim kiyimlar kiydirib koʻcha tomon otlandim. Qiziq nega buncha xursandman? Mening kayfiyatim bolajonimga ham koʻchdi shekilli u ham mendan bir qadam oldin yurib shoshayapti. Yosh bola bilan koʻchaga yurish biroz noqulayroq chunki har qadamda, durtinadi, tepinadi. Biroz piyoda yurdik, qarshimizdan mashina chiqdi va toʻxtadi. Mashinaga minib ketayotgan boʻlsam ham xayolan undanda tez yurishni, yanada tezroq boʻlishni oʻylab ketayapman. Uzoqdan bir uy tomi koʻrindi. Koʻzlarim quvonchdan porlab ketdi. Haydovchiga rahmat aytib, sekin yura boshladik. Va nihoyat darvoza tagiga keldik.
Koʻz oldimdan kino tasmalaridek xotiralar oʻta boshladi. Toʻgʻri aytishgan ekan soat singani bilan vaqt toʻxtab qolmas ekan. Hayot bizni ulgʻaytirib qoʻydi. Qachondir bola edik bugun esa bolamizga ota onamiz. Darvoza ortidan qadamlar tovushi eshitildi. Yuragim yanada tezlashib urdi va koʻzlarimda yosh aylandi. Darvoza ochilib munisam, mushtipar onam chehralari koʻrindi.
- Meni bagʻirlariga bosgilari keldimi? - dedilar kulib.
- Meni bagʻirlariga bosgilari keldimi? - dedilar kulib.
Endi koʻnglim taskin topdi. Endi yuragim maromda ura boshladi va anglab yetdimki meni oshiqtirgan, xayollarimni shamol kabi yeldirgan bu volidam sogʻinchi Ota uyim mehri ekan.
Barchamizning eshik ortidan kulib chiqadigan onamiz, jigari uchun jonin fido aylaydigan otamiz sogʻ boʻlsinlar.....
Sizlarni yaxshi koʻraman!
Zarina IBRAGIMOVA,
Navbahor tuman, Chorvoqguzar MFY
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)