Navoiy viloyati hokimi 22 nafar o’qituvchini 4,9 mln pul bilan taqdirladi

Maʼlum qilinishicha, hokimlik rasmiy qabul zalida viloyat hududlaridan jam boʻlgan oʻqituvchilar hokimlik tashakkurnomasi hamda 4 900 000 soʻm pul bilan mukofotlangan.
Hozirgi kunda viloyat xalq taʼlimi tizimidagi tegishli oʻqituvchilar va masʼul shaxslarning saʼy harakati bilan “Bir million oʻzbek dasturchilari” loyihasi doirasida viloyat boʻyicha 53 517 nafar oʻquvchi va oʻqituvchilar oʻqib, dasturchi kasbini egalladi.
Navoiy viloyati respublikaning boshqa viloyatlari orasida eng yuqori koʻrsatgichni qayd etib, Prezident sovgʻasi «Spark» avtomobilini qoʻlga kiritdi hamda bir qancha oʻqituvchilar “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari, dasturchi kasbini egallagan oʻquvchilarni frilanserlik faoliyatiga jalb qilish ishlari boshlanib, 100 nafardan ortiq oʻquvchilar frilanserlik faoliyati orqali daromad topishi yoʻlga qoʻyildi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Navoiyda oʻtkazilgan marafonda viloyat IIBning 500dan ortiq xodimlari faol qatnashib, sovrindorlar qatoridan joy olishdi

Oʻzbekistonda 2020-yilda bitiruvchilari OTMga kirmagan maktablar soni maʼlum boʻldi

100 mingta murojaatni hokimlik o’z kuchi bilan hal qilish imkoni mavjud

Unutmoq osonmas sizlarni!

Gʻozgʻon shahriga xalq taʼlimi bo‘limi mudiri tayinlandi

Maktablarga direktorlar tayinlandi
Izohlar (0)