Bolaga kitob bering!
Oltin saroy qurganlar,
Ne beray? deb turganlar,
Bolaga kitob bering!.
Bola oqqush, oq kaptar,
Dunyolardan bexabar,
Yovuzlik topmay xabar,
Bolaga kitob bering!.
Qing‘ir yo‘lga kirmasdan,
Peshonaga urmasdan,
Kimdir pichoq bermasdan,
Bolaga kitob bering!.
Internet-degan ajdar,
Goh undan oqar zahar,
Dod-demay, ro‘zi mahshar,
Bolaga kitob bering!.
Kel! – diya, imlar tuzoq,
Qabr qazir, qazir choh,
Ming, ming astag‘firulloh,
Bolaga kitob bering!.
Ko‘zi ochiq ko‘rmasdan,
Shayton yo‘ldan urmasdan,
Otadan yuz burmasdan,
Bolaga kitob bering!.
Ko‘krak kerib yurganlar,
Ko‘rkam saroy qurganlar,
Ne beray, deb turganlar,
Bolaga kitob bering!.
“Lison ut tayir”larim,
Yurakka sayrlarim,
Avliyozod nurlarim,
Bolaga kitob bering!.
Ko‘zlarni ochish kerak,
G‘aflatdan qochish kerak.
Qanot chiqarish kerak,
Bolaga kitob bering!.
Dersiz: “Pul yig‘ish kerak,
Oltinu, kumush kerak”,
Xudodan qo‘rqish kerak,
Bolaga kitob bering!.
Gullar quchib yurganlar,
Gulsaroylar qurganlar,
Ne beray-deb, tuganlar,
Bolaga kitob bering!.
Xazinai jahon u,
Kichik Abu Rayhon u,
Sizga qarab hayron u,
Bolaga kitob bering!.
Buxoriy-sarvarim u,
Termiziy-anvarim u,
Mahmud Zamaxsharim u,
Bolaga kitob bering!.
Keskir qilich bo‘lsin u,
Kitobga o‘ch bo‘lsin u,
Yengilmas kuch bo‘lsin u,
Bolaga kitob bering!.
Xonlar kabi yurganlar,
Xonsaroylar qurganlar,
Ne beray? – deb turganlar,
Bolaga kitob bering!.
Navoiyni bilsin u,
Yoningizga kelsin u,
Baxti bo‘lsin, kulsin u,
Bolaga kitob bering!.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Yil yakuni uchun mutolaa: Bill Geyts 5ta kitobni tavsiya qildi

Balandparvoz gaplar bilan iqtisodiyotni yuritib bo‘lmaydi - Shavkat Mirziyoyev

Ana xolos…

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida mehnat bozori

Pul oʻzingniki, lekin resurslar barchaniki!

PREZIDENTIMIZ SHAVKAT MIRZIYOYEV QISHGA TAYYORGARLIKDA YO‘L QO‘YILGAN KAMCHILIKLARNI TANQID QILDI
Izohlar (1)