MAHALLAM TARIXI
Men ko'chada yurganimda ko'cha nomlaridan tashqari turli nomlar bilan ataluvchi mahalla binolari oldidan o'taman. Nega mahallalar ko'cha nomlari bilan atalmaganiga hayron qolardim. Bu haqda men sevimli, farishta buvijonimdan so'radim. Buvijonim qator yillar maktabda tarix fanidan dars berganlaridanmi, meni qiziqtirgan har bir savolimga erinmay javob beradilar. Bizning mahallamiz nima uchun “Bo'diq” deb atalishini hikoya qildilar.
Bo'diqbiy bu chaqaloqni olib oq yuvib, oq tarab, asrab-avaylab, o'z tarbiyasiga olibdi. Bola aqlli, esli-hushli bo'lib voyaga yetibdi. U el koriga yaraydigan inson bo'lib kamolga yetganidan Bo'diqbiy va xotinining boshi osmonga yetibdi.
Vaqti-soati yetib Bo'diqbiy qarib qolibdi. Boqiy dunyoga ketish oldidan vasiyat qilibdi: «O'g'lim, mana, ulg'ayding, sendan iltimosim, men yashagan ko'chada bir masjid qurgin, uni “Bo'diq” deb atagin, masjidga kirib Qur'on tilovat qilganlar mening ham ruhimga duo aytsin- lar. Chunki masjid - ibodat joyi», - degan ekan. O'g'li ota nasihatini amalga oshirgan. Shundan buyon mahallamiz shu nom bilan atalgan.
Men odamlardan eshitganimni yozdim, xolos.
Nozanin RAHIMOVA,
Nurota tumanidagi
18-umumta'lim maktabi o'quvchisi
Mahallamizda ko'p millat vakillari yashaydi. Bundan ancha yillar avval bizning mahallaga qozoq millatiga mansub insonlar ko'chib kelgan. Bo'diqbiy degan bir shaxs ham shu yerda yashagan ekan. “Biy” deyishlariga sabab tuya, qoramol, qo'ylari juda ko'p bo'lgan. U boy bo'lgani bilan o'ta marhamatli ekanligidan uni hamma hurmat qilarkan. Bir yili sovuq qattiq kelib, xavfli kasallik tarqalibdi va bir oila shu kasallikka chalinib, yolg'iz chaqalog'i qolib, ota-onasi vafot etibdi.
Bo'diqbiy bu chaqaloqni olib oq yuvib, oq tarab, asrab-avaylab, o'z tarbiyasiga olibdi. Bola aqlli, esli-hushli bo'lib voyaga yetibdi. U el koriga yaraydigan inson bo'lib kamolga yetganidan Bo'diqbiy va xotinining boshi osmonga yetibdi.
Vaqti-soati yetib Bo'diqbiy qarib qolibdi. Boqiy dunyoga ketish oldidan vasiyat qilibdi: «O'g'lim, mana, ulg'ayding, sendan iltimosim, men yashagan ko'chada bir masjid qurgin, uni “Bo'diq” deb atagin, masjidga kirib Qur'on tilovat qilganlar mening ham ruhimga duo aytsin- lar. Chunki masjid - ibodat joyi», - degan ekan. O'g'li ota nasihatini amalga oshirgan. Shundan buyon mahallamiz shu nom bilan atalgan.
Men odamlardan eshitganimni yozdim, xolos.
Nozanin RAHIMOVA,
Nurota tumanidagi
18-umumta'lim maktabi o'quvchisi
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)