Yana bir bor imkon

Joriy yilning 21-aprel kuni jinoyat ishlari boʻyicha Navbahor tuman sudi tomonidan Keskanterak MFYda sayyor sud majlisi oʻtkazilib, Navbahor tumani IIO Probatsiya boʻlimi hisobida turgan ikki nafar mahkumlarni, jazolarni vijdonan oʻtaganligi, ayni vaqtda tuzalish yoʻliga oʻtib, mehnatga halol munosabatda boʻlganligini inobatga olib, ularni insonparvarlik tamoyillari asosida jazodan ozod qildi.
Mahkum D.Soatov (Ism, familiyasi oʻzgartirilgan) jinoyat ishlari boʻyicha Zarafshon shahar sudining hukmiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan aybli, deb topilib, har oylik ish haqining 30 foiz miqdorini davlat daromadi hisobga ushlab qolish sharti bilan 3 yil muddatga axloq tuzatish ishlariga tayinlangan edi.
Mahkumga bazaviy hisoblash miqdorining 60 baravari miqdorida 12 163 800 oʻm jarima jazosi tayinlanib, JKning 45-moddasiga asosan 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash xuquqidan mahrum qilingan.
2020-yil 30-noyabrda jinoyat ishlari boʻyicha Navbahor tuman sudining ajrimi bilan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 44-moddasi asosan tayinlangan jarima jazosi bazaviy hisoblash miqdorining oʻn olti baravaridagi jarimaga tenglashtirilib 3 oy 11 kun axloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirilgan.
Mahkum jazoni 2020-yil 8-aprel kunidan “Meʼmor loyiha” masuʼliyati cheklangan jamiyatda, 2021-yil 4-yanvar kunidan Navbahor tumani “Quvnoqvoylar” masuʼliyati cheklangan jamiyatida mehnat shartnomasi asosida ishlab, oʻtab kelgan
Navbahor tuman IIO probatsiya guruhi katta inspektorining taqdimnomasida, mahkum sodir etgan jinoiy qilmishiga chin koʻngildan pushaymonligi, sud hukmi bilan tayinlangan jazoni oʻtash davrida, belgilangan tartib va qoidalarga amal qilganligi, tayinlangan jazoni uchdan bir qismidan koʻprogʻini haqiqatda oʻtaganligi, shu sababli oʻtalmay qolgan axloq tuzatish ishlari jazosini oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish soʻralgan.
Sud tomonidan mahkumga nisbatan jinoyat ishlari boʻyicha Zarafshon shahar sudining 2020-yil 16-martdagi hukmi bilan tayinlanib, oʻtalmay qolgan ikki yilu bir oyni axloq tuzatish ishlari jazosini oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi.
Ikkinchi mahkum L. Nafasov (ism, familiyasi oʻzgartirilgan) 2018-yil 12-dekabrda jinoyat ishlari boʻyicha Navoiy shahar sudining hukmiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi JKning tegishli bandlari bilan aybli deb topilib, 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
2020-yil 6-yanvarda jinoyat ishlari boʻyicha Jizzax shahar sudining ajrimiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi JKning 74-moddasiga asosan, 2 yil 7 oy 27 kun oʻtalmay qolgan ozodlikdan mahrum qilish jazosi xuddi shu muddatga har oylik ish haqining 20 foiz miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolish sharti bilan axloq tuzatish ishlari jazosi almashtirilgan.
Mahkum jazoni 2020-yil 15-yanvar kunidan Navbahor tumani “Jahon bobo” fermer xoʻjaligida mehnat shartnomasi asosida ishlab, oʻtab kelgan.
Navbahor tuman IIO probatsiya guruhi katta inspektorining taqdimnomasida, mahkum sodir etgan jinoiy qilmishiga chin koʻngildan pushaymonligi, sud ajrimi bilan tayinlangan jazoni oʻtash davrida, belgilangan tartib va qoidalarga amal qilganligi, tayinlangan jazoni yarmidan koʻprogʻini haqiqatda oʻtaganligi, shu sababli oʻtalmay qolgan axloq tuzatish ishlari jazosini oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish soʻralgan.
Sud tomonidan mahkumga nisbatan jinoyat ishlari boʻyicha Jizzax shahar sudi tomonidan 2020-yil 6-yanvardagi ajrimi bilan tayinlanib, oʻtalmay qolgan 1 yil 3 oy 23 kun muddatini axloq tuzatish ishlari jazosini oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi
Bu ham sudlar tomonidan fuqarolarga jamiyatda oʻz oʻrinlarini topishi va ularni ezgu maqsadlar sari olgʻa intilishlari, kelgusida bu kabi qingʻir ishlarga qoʻl urmasligi uchun yana bir bor berilayotgan imkoniyatlaridan biri hisoblanadi.
Shuningdek, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish tizimini takomillashtirish va mustahkamlash maqsadida umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlar asosida bir qator izchil ishlar amalga oshirilishi ham bejizga emas albatta.
Avazjon IBODOV,
jinoyat ishlari boʻyicha
Navbahor tuman sudining raisi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlgan shaxslar 6 oygacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin

Qidiruv eʼlon qilindi

Navoiyda IIB xodimining avtomashinasini olib qochmoqchi boʻlgan muqaddam sudlangan shaxs qoʻlga olindi

Oʻgʻri ayol

Qidiruvda bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi

Soxta diplom firibgari
Izohlar (0)