“Korrupsiyaga qarshi kurashishga mas'ulmiz”
Korrupsiya bir davlat emas, balki butun bir mintaqa yoki jahon taraqqiyotiga tahdid soluvchi illatdir. Chunki u demokratiya va huquq ustuvorligiga putur yetkazadi, inson huquqlarining buzilishiga olib keladi, iqtisodiyotni izdan chiqaradi, uyushgan jinoyatchilikning keng yoyilishiga sharoit yaratib beradi.
Korrupsiya atamasining etimologiyasi xususida turli fikrlar mavjud. Аyrim olimlarning fikriga koʼra, u lotincha “corruptio” soʼzidan kelib chiqqan boʼlib, “pora evaziga ogʼdirish” degan maʼnoni anglatadi. Boshqa bir qarashga koʼra korrupsiya atamasi lotincha “corrumpere” soʼzidan kelib chiqqan boʼlib, “buzilish”, “aynish”, “tanazzul” degan maʼnolarni anglatadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish koʼp hollarda uning sabablarini aniqlash va bartaraf etishdan iborat boʼladi.
Korrupsiyaga yoʼl ochadigan omillar sirasiga hokimiyat organlari tizimining murakkabligi, buyruqbozlik taomillarining koʼpligini kiritish mumkin. Ta'qiqlar, ruxsat berish tartiblarining haddan tashqari koʼpligi, davlat xizmatchilari manfaatlari yetarlicha himoya qilinmaganligi ham korruptsiyaga yoʼl ochadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev xalqimiz azaldan yuksak qadrlab keladigan, hamma narsadan ustun qoʼyadigan adolat tuygʼusini hayotimizda keng qaror toptirish birinchi darajali vazifa ekaniga alohida eʼtibor qaratmoqda.
Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida mustahkam huquqiy asos yaratilgan. Xususan, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturida ham korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari belgilangan.
Oʼzbekiston 2008-yil 7-iyulda BMTning Korrupsiyaga qarshi konventsiyasiga (Nyu-York, 2003-yil 31-oktyabr), 2010-yil mart oyida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida qabul qilingan korrusiyaga qarshi kurashishning Istanbul rejasiga (2003-yil 10-sentyabr) qoʼshilgan.
Ushbu tadbirlarning mantiqiy davomi sifatida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yilning 3-yanvarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisida”gi qonunni imzoladi. Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashuvchi davlat organlari belgilab berildi.
Tahlillar shuni koʼrsatmoqdaki, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olishda davlat organlari bilan birgalikda jamoatchilikning mustahkam hamkorligi, xususan, jamoatchilik nazorati talab etiladi.
Korrusiyaga qarshi kurashish uchun har birimiz maʼsul bulishimiz lozim. “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisida”gi qonunda ham aholining huquqiy ongini yuksaltirish masalasiga alohida eʼtibor qaratilgan.
Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yoʼl qoʼymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani toʼgʼrisidagi qonun talablarini amalda taʼminlash boʼyicha qatʼiy choralar koʼrilayotir. Bu borada Korrupsiyaga qarshi kurashish boʼyicha respublika idoralararo komissiyasi izchil faoliyat yuritmoqda.
Xususan, mamlakatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida keng koʼlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Darhaqiqat, korrupsiya - vayronkor kuch, u milliy iqtisodiyotga misli koʼrilmagan darajada putur yetkazadi. Ijtimoiy tengsizlik chuqurlashadi, hokimiyatga ishonch yoʼqoladi, jamiyatda maʼnaviyat buziladi va hokazo.
Jahon tajribasi shuni koʼrsatadiki, agar davlat organlari tizimida korrupsiyaga qarshi oʼz vaqtida keskin choralar koʼrilmasa, davlat qanchalik yer osti va yer usti boyliklariga ega boʼlmasin, u ijtimoiy-iqtisodiy inqirozga yuz tutadi.
Shuning uchun ham davlatimiz rahbari inson shaʼnini kamsitadigan, islohotlar gʼoyasini obroʼsizlantiradigan illat – korrupsiyaga qarshi kurashishga eʼtibor qaratmoqda.
Bu jarayonda davlat organlari va boshqa tashkilotlar aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish chora-tadbirlarini koʼrishi, davlat organlari va boshqa tashkilotlar oʼz mansabdor shaxslarining hamda boshqa xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar koʼrishi, taʼlim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy taʼlim va tarbiyani olib borishi lozim.
Korrupsiya bilan bogʼliq holatlarni koʼrganda befarq boʼlmaylik. Shunda korrupsiya degan illatdan butunlay qutilish mumkin bo'ladi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Fuqarolarning faolligi, ijtimoiy hodisalarga befarq emasligi hamda har-bir davlat xizmatchisining oʼz faoliyati jamoatchilik nazoratida ekanini chuqur his etishi korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim shartidir.
Gʼulomjon Kushiyev
Navoiy viloyat maʼmuriy sudining sudyasi

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHGA MAS’ULMIZ
Prezident qarori bilan maʼmuriy sudlarda ish yuritishning yangi printsipi va maʼmuriy sudlar tomonidan hal etiladigan yangi toifadagi ishlar belgilandi
Korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha vazifalar belgilandi
Mualliflik huquqi
O’zbekiston korrupsiyaga qarshi!
Prezident yangi qaror qabul qildi
Izohlar (1)