Yurtimizda pullik trassalar quriladi
Mamlakatimizda yoʻlsozlik, yuk tashish, trazit yoʻnalishlarida yangilanishlar koʻzga tashlanmoqda. Xususan, pullik trassalar qurilishi bilan bogʻliq maʼlumotlar bugun koʻpchilikka qiziq va mulohazalarga sabab boʻlmoqda.Ularning qurilishi qanday amalga oshiriladi, davlat byudjetidan mablagʻ sarflanadimi, kabi savollar bugun koʻpchilikni qiziqtirayotgani tabiiy. Yaqinda АOKАda oʻtkazilgan brifingda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi masʼul xodimi Farrux Gʻafforovning izohi vaziyatni ochiqladi. Eskpertning taʼkidlashicha, pullik trassalarni qurish uchun davlat byudjetidan mablagʻ ajratilmaydi. Loyihani moliyalashtirish, xususiy sherik, yaʼni xorijiy investor tomonidan amalga oshiriladi. Toshkent-Samarqand pullik avtomobilь yoʻli boʻyicha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki konsulьtantlari bilan bitim imzolandi va hozirda oʻrganish ishlari davom etmoqda.
Yo'ldan foydalanish narxlari
Xalqaro tajribaga koʻra, pullik yoʻl qurilganda odatda aholi uchun bepul alternativ yoʻl saqlanib qoladi. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, loyiha umumiy kapital xarajatlari taxminan 1,5 mlrd. АQSh dollaridan oshadi. 300 km.lik yoʻl uchun umumiy qurilish davri qurilish ketma-ketligiga koʻra 5-8 yilni tashkil etishi mumkin.Evropa tiklanish va taraqqiyot bankining dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, yoʻldan foydalanish narxlari yengil avtomobil va yengil yuk mashinalar uchun taxminiy narx 5 va 7 АQSh dollari, va yuk mashinalari va avtobuslar uchun 15-20 АQSh dollari etib koʻrsatilgan. DShX toʻgʻrisidagi bitim taxminan 30 yil muddatga tuzilishi koʻzda tutilgan.
Kelishuv asosida aniq bo'ladi
Eʼtibor qaratish lozimki, mazkur loyihalar boʻyicha aniq belgilangan marshrut va narxlar mavjud emas. Soʻnggi tasdiqlangan raqamlar Hukumat va investorlar oʻrtasida tuziladigan kelishuv asosida aniq boʻladi. Yuqorida keltirilgan raqamlar aholini amalga oshirilishi mumkin boʻlgan loyihalar boʻyicha umumiy tushunchaga ega boʻlishi uchun maʼlum qilib oʻtildi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun 500 mlrd soʻm ajratiladi
“Open public service” tadbirida
“Sardoba” suv ombori qaytadan qurilishi maʼlum qilindi
Joriy yilning oktyabr oyida Oʻzbekistonda sanoat miqyosidagi ilk quyosh elektrostansiyasi ishga tushiriladi
Sherobod tumanida sel kelganligi haqida
“University Cyber Cup”da Inha universiteti jamoasi sovrindor boʻldi
Izohlar (0)