Bir ogʻiz shirin soʻz bilan boʻlsa ham...
Adiy ibn Hotim roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida edim. Bir odam kelib, u Zotga faqirlikdan shikoyat qildi. Soʻngra boshqa biri kelib yoʻltoʻsarlikdan shikoyat qildi. Shunda u Zot: «Ey Adiy, Hiyrani koʻrganmisan?” dedilar. “Xabarini eshitganman-u, koʻrganim yoʻq”, dedim.
Shirin so'z ham sadaqa...
“Agar hayoting uzun boʻlsa, albatta, ayol kishining faqat Allohdan boshqa biror narsadan qoʻrqmasdan Hiyradan safar qilib kelib, Kaʼbani tavof qilishini koʻrasan. (Oʻzimcha «Toyning yurtni fasodga toʻldirgan shaytonlari qani?” dedim.) Agar hayoting uzun boʻlsa, albatta, Kisroning xazinalari fath qilinur», dedilar. “Kisro ibn Hurmuznimi?” dedim. “Ha. Agar hayoting uzun boʻlsa, albatta, kishining hovuchini tillo yoki kumushga toʻldirib chiqib uni qabul qilib oladigan odam topa olmasligini koʻrasan. Va, albatta, sizdan biringiz Allohga uchrashuv kuni uchrashganda u bilan U Zotning orasida tarjima qiladigan tarjimon boʻlmaganda, albatta, U Zot unga: «Men senga yetkazish uchun Rasul yubormagan edimmi?” deydi. “Ore”, deydi banda. Shunda u Zot: “Men senga molu dunyo, bola-chaqa bermadimmi, fazl koʻrsatmadimmi?” deydi. “Ore”, deydi banda va oʻngiga qarab jahannamdan boshqa narsani koʻrmaydi. Chapiga qarab, jahannamdan boshqa narsani koʻrmaydi. Bir dona xurmoning parchasi bilan boʻlsa ham olovdan saqlaninglar. Kim uni ham topa olmasa, bir ogʻiz shirin soʻz bilan boʻlsa ham», dedilar. Adiy aytadi: “Bas, men ayol kishining faqat Allohdan boshqa biror narsadan qoʻrqmasdan Hiyradan safar qilib kelib, Kaʼbani tavof qilishini koʻrdim. Kisroning xazinasini fath qilganlar ichida men ham bor edim. Agar hayotingiz uzun boʻlsa, albatta, Abul Qosim sollallohu alayhi vasallamning aytgan narsalarini koʻrasizlar”, dedi». Buxoriy rivoyat qilgan.Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (1)