QARZDORLIK UNDIRIB BERILADI
Xabarda keltirilishicha, ko‘rsatilgan xizmatning 50 millon so‘mi ko‘chirib berilganligi, lekin qolgan 75 million so‘m mablag‘ o‘tkazib berilmayotganligi, bu borada sudning qarori mavjud bo‘lib, qarzdorlik MIB tomonidan undirilmayotganligi bayon qilingan.
Mazkur xabar Byuroning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqiligach, vaziyatga oydinlik kiritildi.
Maʼlum bo‘lishicha, Karmana tumanlararo Iqtisodiy sudining ijro hujjatiga ko‘ra YATT “Jo‘raqulov Bekzod Tolqinovich” foydasiga “Navoiy IES qurilish” UKdan jami 86 million 504 ming so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro ishi haqiqatdan ham Byuroning Karmana tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Shuningdek, ushbu ijro ishi bo‘lim ish yurituvida kelib tushgunga qadar qarzdor “Navoiy IES qurilish” UKdan jami 1 milliard 99 million so‘mlik 24 ta ijro hujjatlari mavjudligi aniqlangan. Bu qarzdorlik 8 nafar fuqaroga ish haqi va korxonaning soliq qarzi, davlat boji va boshqa yuridik shaxslarga undirilishi kerak bo‘lgan mabkag‘ hisoblanadi. Ushbu ijro ishlari yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlari olib borilib, qarzdorga tegishli bo‘lgan 420 million 77 so‘mga baholangan “HOWO ZZ6655M9977” rusumli maxsus texnika xatlangan va sotish uchun “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida sotuvga chiqarilgan.
Ammo xaridorlar tomonidan qiziqishlar bo‘lmaganligi sababli savdo o‘yinlari 7 marotaba o‘tkazilgan va ushbu mulk 231 million 42 ming so‘mga sotilgan. Sotuvdan tushgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 80-moddasi talabiga ko‘ra undiruvlar navbati bo‘yicha birinchi navbatda 8 nafar fuqarolarning ish haqlari va korxonaning soliq qarzdorligini qoplashga yo‘naltirilgan.
Shuningdek, korxona balansida “Boreks-2302” va “Samsung” rusumli 2 dona ekskovatorlar borligi aniqlanib, ushbu mulklarni topish imkoni bo‘lmaganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 42-moddasiga asosan qidiruv eʼlon qilinib, qaror ijro qilish uchun viloyat IIB YHXBga yuborilgan.
Bugungi kunda korxonadan jami 975 million 603 ming so‘mlik ish haqi, soliq va boshqa yuridik shaxslarga qarzdorliklarni undirish haqidagi 12 ta ijro ishlari qoldiqda bo‘lib, davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlari davom ettirilmoqda.
Shunday ekan, xulosa qilishga shoshilmang.
Hilola ISMATOVA
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
MEHNATGA HAQ TO‘LASH BO‘YICHA QARZDORLIK ANIQLANDI
KORONAVIRUS UCHUN 3 TA VAKTSINANI SOLISHTIRAMIZ: QAYSI SAMARALIROQ?
Balandparvoz gaplar bilan iqtisodiyotni yuritib bo‘lmaydi - Shavkat Mirziyoyev
PLASTIK KARTA FIRIBGARI
OILAVIY SHAROITIMDAN KELIB CHIQIB HISOBLASAK, KREDIT TO‘LASHGA IMKONIYATIMIZ BO‘LMAS EKAN
NAVOIY: SENTOB QISHLOG‘IGA FOTOSAYOHAT
Izohlar (1)