ISSIQXONALARIMIZDAGI FITOSANITAR HOLAT QANDAY?
Maʼlumki, yurtimizga yetishtirilayotgan pomidor mahsulotlari eksportiga baʼzi davlatlarda taʼqiq qo‘yildi. Bunga sabab sifatida mamlakatimizdagi issiqxonalarda yetishtirilayotgan pomidorning jigarrang burushish virusi (“tomato brown rugose fruit”)ga chalingani ko‘rsatildi.
Aslida mazkur kasallik dunyoning Meksika, Angliya, Germaniya, Italiya, Niderlanliya, Iordaniya, Isroil, Falastin, Turkiya va Xitoy kabi mamlakatlarida ro‘yxatga olingan bo‘lib, mamlakatimizda ushbu virus mavjudligi rasman tasdiqlanmagan.
Yurtimizda joriy yilning 1 dekabrdan 15 sanasigacha “dolzarb 15 kunlik” deb eʼlon qilinib, issiqonalarda sitrus ekinlari ashaddiy kushandasi o‘choqlarini yo‘qotish, ularning bir hududdan ikinchi hududga ko‘chishini oldini olish, sitrus oqanoti, sitrus inli kuyasi va pomidor kuyasiga qarshi ommaviy kurashish ishlari olib borildi.
Karantin chora-tadbirlarini qo‘llash maqsadida viloyatimizning tuman va shaharlaridagi issiqxonalarda biriktirilgan agronom inspektorlar tomonidan kuchaytirilagan nazorat tadbirlari amalga oshirilishi bilan bir qatorda yuzdan ortiq issiqxonalarning pasportlari shakillantirildi. O‘tkazigan nazorat tadbirlari davomida issiqxonalarda pomidor, bulg‘or qalampiri mevalarida sariq yashil dog‘li naqshlar, qo‘pol burushmalar turli taʼsirlar tufayli noto‘g‘ri shakillanish holatlari, yani pomidorning jigarrang burshish virusi belgilari kuzatilmadi.
Shunday bo‘lishiga qaramasdan, bugun issiqxonachilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlarimizga hududlarda fitosanitarya talablarini bajarish yuzasidan qatiʼy nazorat hamda doimiy kuzatuv olib borishlari, yetishtirilayotgan o‘simliklarda noodatiy salbiy belgilar kuztilganda bu haqda o‘smiliklar karantini davlat xizmatini darhol xabardor qilish bo‘yicha tushunchlar berildi.
Seminarlar davomida aholi vakillari hamda issiqxonachilik xo‘jalligi rahbarlari va xodimlariga berilayotgan maʼlumotlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi va sifatini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Mutallib UBAYDULLAEV,
Oxunjon OBLOQULOV,
Navoiy viloyat O‘simliklarkarantini davlat inspektsiyasi inspektorlari.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
QARZDORLIK UNDIRIB BERILADI
Yil yakuni uchun mutolaa: Bill Geyts 5ta kitobni tavsiya qildi
KORONAVIRUS UCHUN 3 TA VAKTSINANI SOLISHTIRAMIZ: QAYSI SAMARALIROQ?
Balandparvoz gaplar bilan iqtisodiyotni yuritib bo‘lmaydi - Shavkat Mirziyoyev
QARZDOR KARANTIN EʼLON QILINGANLIGINI RO‘KACH QILIB, SUD QARORINI BAJARISHDAN BOSH TORTIB KELGAN
NAVOIY – FAXRIMSAN MENING!
Izohlar (0)