NAVOIY – FAXRIMSAN MENING!
Respublikamizning qaysi bir shahriyu olis qishlog‘ida bo‘lmang, bugun u yerda sanoat, fan, taʼlimni jadal rivojlanayotganini ko‘rish mumkin. Kechagi qishloq o‘rnida shahar bilan tenglashayotgan ko‘rkam va obod yashash joylar barpo etilyapti.
Navoiy viloyati kundan-kun sanoat, fan, taʼlim, infaratuzilma sohalarida ulkan yutuqlarga erishmoqda. Bunday yutuqlarni keng targ‘ib etish maqsadida viloyatimizda markaziy nashrlar jurnalistlari bilan press-tur o‘tkazildi.
PAXTANI SIZLARSIZ HAM TERAMIZ...
Mehmonlar dastlab Navoiy shahrida joylashgan Navoiy-Qorako‘l maktabi bilan tanishdi. Buxoro Qorako‘l maktabi 2009 yil mahalliy hokimlik qarori bilan ixtisoslashtirilgan maktab sifatida tashkil etilgan. Taʼlim muassasasida dastlab 150 nafar o‘quvchi qamrab olingan. 2015 yildan maktab o‘quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida munosib o‘rinlarni qo‘lga kirita boshlagan.
Shundan so‘ng, har yili Qorakko‘l maktabi o‘quvchilari matematika fani bo‘yicha ketma-ket yutuqlarga erisha boshlaydi. Yosh iqtidorlar 2019 yil yoz mavsumida Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tgan yosh matematiklar Xalqaro olimpiadasida oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritib, vatanimizga yorug‘ yuz bilan qaytdi.
2019-2020 o‘quv yilida viloyat hokimi Qobil Tursunov tashabbusi bilan Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida joylashgan Xalqaro matematika faniga ixtisoslashtirilgan 360 o‘rinli maktab-internati tashkil etildi. Yangidan tashkil etilgan ushbu maktab-internatiga kasb mahoratiga yuqori darajada ega bo‘lgan umumtaʼlim fan o‘qituvchilari va respublika hududidagi oliy taʼlim muassasalaridan hamda Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi Xalqaro matematikaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatidan jalb etildi.
Maktab-internatga o‘quvchilarni saralab olish jarayonlari 5 bosqichda amalga oshirildi. Shuningdek, maktab-internati 2,8 mlrd. So‘mga mukammal taʼmirlanib, 1,7 mlrd. so‘m mablag‘ evaziga zamonaviy moddiy-texnika bazasi bilan to‘liq jihozlandi. Ushbu qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlariga mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan jami 4,5 milliard so‘m mablag‘ sarflandi.
Navoiy-Qorako‘l maktabi ilk filial hisoblanadi. Maktab tashkil etilishidan avval “Qorako‘l maktabi” direktori Temur Ro‘ziev Navoiy viloyat hokimiga o‘quvchilar va mutaxassis ustoz kadrlarni tanlashda maktab faoliyatiga hokimlik aralashuviga yo‘l qo‘ymaslik shartiga kelishiladi. Navoiy viloyati hokimi direktorning sharti to‘la bajarilishini bildiradi va natijada Navoiy-Qorko‘l maktab-internatiga asos solinadi.
Maktabda matematika, fizika va ingliz tili darslari chuqurlashtirilgan holda o‘tiladi. Shu asosda o‘tgan o‘quv yilida Navoiy-Qorako‘l maktab internatining 7-10 sinflariga 240 nafar o‘quvchi tanlab olindi. Internat 500 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bino tubdan taʼmirlandi, eng zamonaviy o‘quv kompyuter jihozlari bilan taʼminlandi.
- Navoiy –Qorako‘l maktabi filialiga Qorako‘l maktabining bitirib, oliy o‘quv yurtida tahsil olgan yoshlarni ishga oldik. Chunki bu yoshlar mazkur maktab tartibini ko‘rgan. Yangi maktabda tartib-taomil tashkil qilish uchun vaqt ketmaydi, bu yoshlar o‘z ish faoliyatini yaxshi bilgan holda bajaradi. Qorako‘l maktabi 30 yilda Prezident nazariga tushdi. Qorako‘l maktabining yutuqlarining siri o‘quvchilar dalaga chiqmadi, paxta termadi. Buxoro viloyatining sobiq hokimi Salohiddin Qosimov “paxtani sizlarsiz ham teramiz, bolalar fan bilan mashg‘ul bo‘lsin, o‘qisin”, dedilar.
IQTISODIY YUKSALISHLAR SARI
Jurnalistlar G‘ozg‘on shahrida bo‘lib, “Marmarobod” MCHJ klasteri bilan tanishdi.
G‘azg‘on shahri 2019 yil 3 may kuni tashkil etilgan bo‘lib, aholisi 8,4 ming kishi, fuqarolar yig‘ini soni 4 tani tashkil etadi. “Marmarobod” MCHJ klasteri 2020 yil 15 noyabrda ishga tushirilgan bo‘lib, tabiiy toshlarni qazib olib, barcha qayta ishlovchilarni zarur xom ashyo bilan taʼminlaydi. Hozirda “Marmarobod” MCHJga tegishli 2 ta karyerda yangi uskunalarda granit toshlarni zamonaviy usullarda qazish ishlari olib borilmoqda. Shu kungacha 15 000 kub.metr tabiiy toshlar qazib olingan. “Marmarobod” MCHJda shu kungacha 170 nafar xodim mehnat qilar edi. Hozirda G‘ozg‘on shahridagi yana 330 nafar yoshlardan arizalar qabul qilingan. Korxona to‘liq quvvatga chiqishi bilan 400 nafar mahalliy yoshlar ish bilan taʼminlanadi.
Press-tur ishtirokchilari Navbahor tumanidagi “Navbahor kasaba chevari” MCHJda bo‘lib, uning faoliyati bilan tanishdi. Mazkur korxona ishga tushirilgach, 400 nafarga yaqin xotin-qizlar bаndligi taʼminlandi.
- Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ichki bozorda talab katta. Eksportga Turkiyadan buyurtma tushgan, - deydi Navbahor tuman hokimi Lochin Obloqulov. - Tumanda iqtisodiy o‘zgarishlar tobora o‘sib bormoqda. 2 yil oldin tumanda issiqxona yo‘q edi. Hozirgi kunda 30 gektar issiqxonalar tashkil etilgan. Mazkur issiqxonalardan yiliga eksport quvvati 4 million dollarni tashkil qilyapti.
- Men mana shu korxonaga ishga kirganimdan xursandman, endi oilamizga ozmi-ko‘pmi foydam tegadi - deydi tikuvchi Mahliyo Sobirova.
“ISSIQLIK MANBAI”DAN XALQ NEGA NOROZI?
“Issiqlik manbai” DUK Navoiy filiali tasarrufida Dv 50mmdan 1200mmgacha issiqlik, suv taʼminoti va kanalizatsiya quvurlari mavjud.
Shulardan, issiqlik quvurlari 216,385 km, suv taʼminoti quvurlari 311,8 km, kanalizatsiya quvurlari 117,635 kmni tashkil etadi.
Issiqlik energiyasi taʼminoti buyicha “Issiqlik manbai” DUK Navoiy filiali Navoiy shahri isteʼmolchilariga 27 ta xususiy uy-joy mulkdorlar shirkati bilan 848 uylarga, shundan 565 dona ko‘p qavatli uylar 283 dona kottejlar; 65 ta byudjet tashkilotlar; 66 ta ulgurji isteʼmolchilar bilan issiqlik energiyasi yetkazib berish uchun shartnomalar tuzilgan. Bugungi kunda ushbu isteʼmolchilarga “Navoiy IES” AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan o‘rtacha 104 Gkal/soat miqdorda issiqlik energiyasi yetkazib berilmoqda.
Bundan tashqari “Issiqlik manbai” DUK tassarrufida Karmana tumani Malik-Rabot qo‘rg‘oni “Do‘stlik” MFY hududidagi 8 ta ikki qavatli uylar va yotoqxona issiqlik taʼminoti uchun zamonaviy energiya tejamkor TOOS 1000T qozonxonasi 2018 yilda ishga tushirilgan, ishlab chiqarish quvvati – 2 Gkall, bir sutkada – 14 Gkal issiqlik energiyasi yetkazib berilmoqda, issiqlik energiyasini ishlab chiqarish uchun – 1600-1800 m3 gaz va 220 kVt elektroenergiya sarflanadi.
- Xalqimiz issiqlik tizimidan norozi bo‘layotganligi rost. Sababi, tashkilotimizda har yili 1 aprelda kuz-qish mavsumi rasman tugatilgandan keyin, mukammal taʼmirlash ishlari boshlanar edi. Quvurlar chetdan keltirilganligi sababli, karantin vaqtida ishlarimiz to‘xtab qoldi, xorij bilan aloqa maʼlum vaqt uzildi. Issiqlik manbaini uzatishda uzilishlar har doim sodir bo‘ladi. Lekin, bu hodisani eʼtiborsiz qoldirmayapmiz. Ishchilarimiz xalqimizni issiqlik manbai bilan taʼminlash uchun kechani kecha, kunduzni kunduz demay mehnat qilmoqda, - dyedi Issiqlik manbai davlat unitar korxonasi bosh muhandisi Xurshid Hotamov.
KATTA TAASSUROTLAR BILAN QAYTISHDI
Viloyatimizga tashrif buyurgan mehmonlar taʼlim, iqtisodiy va boshqa sohalarda bo‘layotgan ulkan yutuqlarni kuzatib katta taassurotlar bilan qaytishdi. Jurnalistlar Navoiy shahridagi “Baxttekistil” MCHJ, Beruniy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda, shahrimizning diqqatga sazovor joylarida bo‘lishdi.
- Navoiy viloyatini yuksalishda davom etayotgan hudud sifatida taʼrif etish mumkin. Fan, taʼlim, ishlab chiqarish misli ko‘rilmagan darajada o‘sib boryapti. Bu borada mehnatkash xalqiga mustahkam iroda, salomatlik tilayman, - deydi “O‘zbekiston ovozi” gazetasi muxbiri Toshtemir Murodov.
Bunday yutuqlar viloyatda yashovchi barchada faxr tuyg‘usini uyg‘otadi.
Feruza QODIROVA
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
NAVOIY: SENTOB QISHLOG‘IGA FOTOSAYOHAT
“QILICH OTA” HAQIDA RIVOYAT
«ZAMIN» FONDI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN LOYIHA 60% BOLALARNI KARLIKDAN QUTQARISHI MUMKIN
TO‘DAKO‘LDA 100 KILOGRAMMLI BALIQ YETISHTIRILDI
Balandparvoz gaplar bilan iqtisodiyotni yuritib bo‘lmaydi - Shavkat Mirziyoyev
KORONAVIRUS UCHUN 3 TA VAKTSINANI SOLISHTIRAMIZ: QAYSI SAMARALIROQ?
Izohlar (0)