QARZDOR KARANTIN EʼLON QILINGANLIGINI RO‘KACH QILIB, SUD QARORINI BAJARISHDAN BOSH TORTIB KELGAN
Byuroning Navoiy shahar bo‘limi ish yurituviga Karmana tumanlararo iqtisodiy sudining qarzdor “Navoiy savdo kompleksi” AJdan “Amonmurod baraka” MCHJ foydasiga 300 million 627 ming so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.
Qarzdor bir necha bor rasmiy ogohlantirilib borilgan, biroq davlatimizda karantin eʼlon qilinganligini ro‘kach qilib, sud qarorini bajarishdan bosh tortib kelgan.
Bo‘lim davlat ijrochilarining olib borgan ijro harakatlari natijasida, qazdorga tegishli bo‘lgan hisob raqamga band solinib, qarzdorlikni undirish uchun majburiy inkassa topshiriqnomalari qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning talabiga ko‘ra, qarzdordan 300 million 627 ming so‘m undirilib, tadbirkorning hisob raqamiga o‘tkazib berilgan.
Eʼzoza OLIMOVA
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
QARZDORLIK UNDIRIB BERILADI
PLASTIK KARTA FIRIBGARI
Balandparvoz gaplar bilan iqtisodiyotni yuritib bo‘lmaydi - Shavkat Mirziyoyev
O‘G‘IRLIK TUFAYLI U BIR QATOR BAXTSIZLIKLARNI BOSHDAN KECHIRGAN
KORONAVIRUS UCHUN 3 TA VAKTSINANI SOLISHTIRAMIZ: QAYSI SAMARALIROQ?
OILAVIY SHAROITIMDAN KELIB CHIQIB HISOBLASAK, KREDIT TO‘LASHGA IMKONIYATIMIZ BO‘LMAS EKAN
Izohlar (0)