Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi eslatib oʻtadi
Hurmatli ish beruvchilar va fuqarolar!
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Sizlarni kirib kelayotgan bahor ayyomi bilan tabriklaydi. Bahor fasli kirib kelishi munosabati bilan mahallalar, aholi turar joylari hamda ish joylarida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish maqsadida hashar tadbirlarini tashkillashtirish ommalashadi.
Shu munosabat bilan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ish beruvchi hamda fuqarolarimizga umumxalq xayriya hasharini oʻtkazish tartibini yana bir bor tushuntirib oʻtishni joiz deb biladi.
Hasharlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 349-son qarorida belgilangan tartibga rioya qilgan holda tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
Umumxalq xashari quyidagi tartibda oʻtkazilganda, majburiy mehnat deb hisoblanmaydi:
✅ faqat ixtiyoriy tarzda;
✅ Prezident yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjati boʻlganda;
✅ xodim ishlaydigan tashkilot hududida;
✅ mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik normalariga rioya qilgan holda;
✅ obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish, ish oʻrinlarini tartibga keltirish maqsadida;
✅ fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faqat tegishli mahalla hududida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, bolalar va sport maydonlarini jihozlash, moddiy-madaniy meros obyektlarini zarur holatda saqlash, qabristonlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash hamda zarur holatda saqlash ishlarida aholining ixtiyoriy ishtirok etishini tashkil etadi.
Quyidagi hududlarda ixtiyoriy ravishda ham hashar oʻtkazish taqiqlanadi:
❌ avtomobil yoʻllarida;
❌ harakatlanish tigʻiz boʻlgan koʻchalarda;
❌ suv obyektlarida;
❌ qirgʻoqboʻyi hududlar va zonalarda;
❌ qurilish maydonlarida;
❌ bino va inshootlar tomlarida;
❌ xavfli ishlab chiqarish obyektlarida;
❌ insonlarning hayotiga va sogʻligʻiga xavf tugʻilishi mumkin boʻlgan joylarda.
Esda tuting!
Xalqaro mehnat tashkilotining “Majburiy mehnat toʻgʻrisida”gi 29-sonli hamda “Majburiy mehnatni tugatish toʻgʻrisida”gi 105-sonli konvensiyalariga muvofiq, jamoat vakillari tomonidan oʻz ihtiyorlari bilan amalga oshiriladigan mayda jamoat ishlari majburiy mehnat deb hisoblanmaydi. Shu sababli, mahalla fuqarolari oʻzi yashab turgan mahallasi hududini obodonlashtirishi maqsadida oʻz xohishi bilan mayda jamoat ishlari bilan shugʻullanishi mumkin.
Aziz vatandoshlar! Yuqoridagi umumxalq xasharlar oʻtkazish tartibiga rioya qilinmasdan tashkillashtirilgan xasharlarga duch kelganingizda Davlat mehnat inspeksiyasining 1176 qisqa raqamlariga, 71-200-06-00 Ishonch telefoniga hamda www.dmi.mehnat.uz saytiga murojaat qilishingiz soʻraladi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasini to‘lash tartibi o‘zgardi
TURLI SOXTA HUJJATLAR BILAN CHEGARALARNI KESIB O‘TISHGA URINISH O‘ZBEKISTON VA ROSSIYA QONUNLARIGA KO‘RA, JINOIY JAVOBGARLIKKA TORTILISHGA SABAB BO‘LISHI MUMKIN
NUKUS SHAHRIDA YOʻLNI TOʻSIB QOʻYGAN AYOLLARNING 591 MLN SOʻMLIK TOʻLANMAGAN ISH HAQI BUGUN TOʻLIQ BERILADI
JORIY YILNING 25-DEKABRDAN O‘ZBEKISTONGA KIRIB KELISH PULLI BO‘LADI. SABABI …
O‘zbekistonda bolalar mehnatidan muntazam foydalanish to‘xtatildi — Xalqaro mehnat tashkiloti
Oʻzbekiston fuqaroligidan chiqmagan holda boshqa davlat fuqarosi boʻlish mumkinmi?
Izohlar (0)