NUKUS SHAHRIDA YOʻLNI TOʻSIB QOʻYGAN AYOLLARNING 591 MLN SOʻMLIK TOʻLANMAGAN ISH HAQI BUGUN TOʻLIQ BERILADI
Kecha internetda Nukus shahrida jamoat ishida qatnashgan bir guruh xotin-qizlar ularga mehnat haqi oʻz vaqtida toʻlanmaganligi uchun avtomobil qatnov yoʻlida norozilik namoyishi oʻtkazganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tarqalgandi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining maʼlum qilishicha, noyabr oyida Nukus shahrida 1184 nafar ishsiz fuqaro qoʻshimcha ravishda mahalla fuqarolar yigʻinlari buyurtmasiga, asosan, jamoat ishlariga jalb etilgan va ularga 817 million soʻm ish haqi hisoblangan, - deb yozadi Xushnudbek.uz telegram kanali.
Hozirgi kunga qadar fuqarolarga 226 million soʻm ish haqi toʻlab berildi, qolgan 591 million soʻm mablagʻ Nukus shahar aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan 18 dekabr kuni toʻliq toʻlab beriladi.
“Oʻrganish yakuni bilan aybdor shaxslarga nisbatan intizomiy choralar koʻriladi”, - deyiladi vazirlik xabarida.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
QARZDORLIK UNDIRIB BERILADI
OʻZBEKISTON VAKSINA SOTIB OLISH UCHUN QANCHA SARFLASHI MAʼLUM BOʻLDI
MEHNATGA HAQ TO‘LASH BO‘YICHA QARZDORLIK ANIQLANDI
«ZAMIN» FONDI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN LOYIHA 60% BOLALARNI KARLIKDAN QUTQARISHI MUMKIN
NAVOIY – FAXRIMSAN MENING!
PREZIDENTIMIZ SHAVKAT MIRZIYOYEV QISHGA TAYYORGARLIKDA YO‘L QO‘YILGAN KAMCHILIKLARNI TANQID QILDI
Izohlar (0)