Oʻzbekiston fuqaroligidan chiqmagan holda boshqa davlat fuqarosi boʻlish mumkinmi?
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Oʻzbekiston fuqaroligidan voz kechmagan holda Rossiya pasportini olgan fuqarolar yuzasidan bergan maʼlumotlariga qoʻshimcha izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha chet elga chiqib ketgan Oʻzbekiston fuqarosi fuqarolikdan chiqmagan holda chegaradan chet davlat pasporti bilan kirib kelsa, uning faqat Oʻzbekiston fuqaroligi tan olinadi.
Ammo bu – shaxsning doimiy ravishda ham Oʻzbekiston, ham boshqa davlat fuqaroligida yurishi mumkinligini anglatmaydi. Yaʼni ichki ishlar organlari shaxsning boshqa davlat fuqaroligini olganini eshitishi yoki undagi boshqa davlat pasportini koʻrishi hamon Oʻzbekiston fuqaroligidan avtomatik tarzda chiqarib yuborish masalasini koʻrmaydi.
Bunda, dastlab ushbu shaxsning rostdan ham boshqa davlat fuqaroligini olganiga tegishli tashkilotlar yordamida aniqlik kiritiladi. Shundan soʻng, ushbu shaxsdan agarda boshqa davlat fuqaroligidan oʻz vaqtida voz kechmasa, Oʻzbekiston fuqaroligidan mahrum qilinishi haqida tilxat olinadi.
Bunda, shaxsga fuqarolik toʻgʻrisidagi qonunchilik batafsil tushuntiriladi va chet el fuqaroligidan voz kechmaslik oqibatlaridan ogohlantiriladi.
Berilgan muddat davomida shaxs chet el fuqaroligidan voz kechmasa, uning Oʻzbekiston fuqaroligi prezident farmoni bilan tugatiladi. Ushbu holatda shaxs hech qanday maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Prezidentga sheʼr oʻqigan talaba Yozuvchilar uyushmasiga qabul qilindi
Internet firibgarlari
Qidiruvga eʼlon qilingan shaxslar qoʻlga olindi
TURLI SOXTA HUJJATLAR BILAN CHEGARALARNI KESIB O‘TISHGA URINISH O‘ZBEKISTON VA ROSSIYA QONUNLARIGA KO‘RA, JINOIY JAVOBGARLIKKA TORTILISHGA SABAB BO‘LISHI MUMKIN
BUYUKLIK ODDIYLIKDA
QARZDORLIK UNDIRIB BERILADI
Izohlar (0)