Dunyodagi eng ulkan quyon oʻgʻirlandi
Buyuk Britaniyadagi yer yuzida eng ulkan sanalgan quyonni oʻgʻirlashdi. Uning ismi Darius boʻlib ogʻirligi 22 kilogramm, uzunligi 129 santimetrni tashkil qiladi. Bahaybat jonivorni naq u yashaydigan uyning bogʻidan oʻmarib ketishdi. Quyonning xoʻjayini Аnnet Edvards bundan qattiq qaygʻuga tushib, sevimli jonivorini topib keltirganga 2745 dollar miqdorida pul tikdi. Lekin sovgʻaga shuncha katta mablagʻ ajratilgan boʻlishiga qaramay hali qimmatbaho quyonvoydan darak yoʻq. Ishga politsiya ham aralashgan. Toʻrt metrdan oshiqroq oʻlchamdagi moʻynali gigantni aniqlash oson boʻlishi kerak. Ammo u oʻtgan hafta oxirida ingliz bogʻidan gʻoyib boʻldi va politsiya uning yoʻqolishini oʻgʻirlash sifatida baholamoqda.
"Juda achinarli kun"
Dariusning yegasi Annet Yedvards, bahaybat quyonini yakshanba kuni Angliyaning Stoulton shahridagi uyidan yoʻqolganini Tvitter dagi postida batafsil bayon qildi va oʻsha kunni "juda achinarli kun" deb atadi. U quyonning yoshi ulgʻayganini, yendi u naslga keltirishga qodir yemasligini aytdi.
Sobiq model quyon zotdoriga aylangan boʻlib u oʻz tipidagi hayvonlarining kattaligi boʻyicha toʻrtta jahon rekordini qoʻlga kiritgan. Yedvards xonim bundan oldin Doro naslini har birini 250 funt sterlingga sotgan.
"Bu meni juda ham xafa qildi, chunki u juda yoqimli personajdir", - deydi u Britaniyaning "Telegraph" gazetasiga bergan intervyusida. Shuningdek quyon boquvchi, ekzotik jonivorini jamoat koʻrinishidan nafaqaga chiqqani, Darius oʻz yoshiga qarab maxsus parhezda boʻlgani, aks holda oʻlishini aytdi.
Politsiya quyonni shanba kuni Yedvards xonimning bogʻidagi toʻsiqdan oʻgʻirlangan deb hisoblamoqda.
Darius Internetda mashhur edi...
Darius 2010 yilda Ginnesning rekordlar kitobi tomonidan dunyodagi yeng uzun quyon tojiga sazovor boʻlgan yedi. 2019 yilda Kanadaning CBC telekanaliga bergan intervyusida Yedvards xonim tarixiy ravishda goʻshti va moʻynasi bilan parvarish qilingan kontinental gigant deb nomlanuvchi uy quyonining turi Dariusni tasvirlab berdi. Hatto uni insonga taqqoslab, "keksa odam" sifatida, "biroz gʻamgin boʻlishi mumkin". Shunday boʻlsa-da, "u oʻzining uchqunini yoʻqotmagan" kabi antiqa taʼriflar berdi jonivorga.Darius Internetda yeʼtiborni tortdi va butun mamlakat boʻylab koʻplab tasvirlar Yedvards xonim bilan birga oʻtkazildi, u namoyishlarda multfilm qahramoni Jessica Rabbit kabi kiyingan yedi. Darius 1,6 million dollarga sugʻurta qilingan va tansoqchisi bilan sayohat qilgan, deyiladi NBC telekanalining Today show -da 2010 yilgi maqolasida.
Ammo uning dunyodagi yeng uzun quyon sifatida hukmronligi allaqachon oʻz avlodlari tomonidan tahdid ostida boʻlgan, ularning baʼzilari toʻrt metrdan oshiqroq boʻlgan. Demak quyonvoyning yoʻqolgani rekordni yangilanishiga sabab boʻlsa ham ajab emas.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)