Ishonch
“Fillarni koʻrgani koʻzim yoʻq: ular qanchalar ulkan boʻlsalar, shu qadar itoatkordirlar”, deb yozadi Charli Chaplin kundaligida. Aksariyatimizning taqdirimiz aslida fillarnikidan ham achinarliroq.
Yogʻochsozlik sanoatida dong taratgan fabrika xoʻjayini Hindistondagi taniqli filchilik fermasida gʻaroyib holatga duch keladi. Fillarning katta-yu kichigi orqa oyogʻiga bogʻloqlik, bir siltash bilan uzish mumkin boʻlgan arqonga boʻysunib yurar edilar. Bu yerda bahaybat jonivorlarni boshqarishda na qafas, na changaklarga zarurat bor edi.
Qiziquvchan tadbirkor unga hamkorlik qilayotganlardan bu holatning sababini soʻrabdi. “Ular filchaligidanoq xuddi shu oʻlchamdagi arqon bilan bogʻlab qoʻyiladi. Yosh filchalarning bu arqonni uzishga qurbi yetmaydi. Fil bolasi ulgʻaysa ham, biz iplarni almashtirmaymiz. Shuning uchun ular “bu arqonni uzishga hali ham ojizmiz” degan ishonch bilan ulgʻayishadi va ipni uzishga harakat qilmaydilar”, - debdi ferma egasi.
Xulosa shuki, oyogʻiningizga bogʻlangan ipni yengilgina siltov bilan uzib tashlash imkoningizni namoyish qilish uchun Sizga bor-yoʻgʻi kerak boʻladigan omil - ishonchdir.
Shuhrat Sattorovning
"Biz gʻalaba qozonamiz" kitobidan.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)