Sarez koʻli Oʻzbekiston uchun qanday xavf tugʻdiradi?
Tojikistonda avgust oyida Togʻli Badaxshon baland togʻlar qoʻynida joylashgan Sarez koʻlida yangi monitoring va erta ogohlantirish tizimi ishga tushiriladi, dedi respublika Favqulodda vaziyatlar qoʻmitasi rahbari Rustam Nazarzoda. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar berdi.
U suv ombori – tabiiy suv toʻgʻoni orqali ulkan suv massasi oʻpirilishi bilan xavfli boʻlishi mumkinligini eslatdi.
“Tizim 2021-yil avgust oyida ishga tushiriladi. Osiyo taraqqiyot banki loyiha uchun 750 ming dollar miqdorida grant ajratdi”, – dedi u.
Shunday qilib Tojikistonning Shaartuz viloyatida Oʻzbekiston bilan chegaraga qadar kuzatuv va erta ogohlantirish tizimi toʻliq almashtiriladi.
“Hozirda Sarez koʻlida toʻgʻon yorilishi xavfi yoʻq, FVQ “Usoy uyumi”dan suvning chiqishini nazorat qiladi, u tabiiy toʻgʻon boʻlib xizmat qiladi”, – dedi Nazarzoda.
Uning soʻzlariga koʻra, loyiha 5 yilga moʻljallangan boʻlib, Tojikiston va Oʻzbekiston manfaatlariga daxldor, chunki bu tabiiy toʻgʻon buzilgan taqdirda, 15 metrlik toʻlqin Orol dengiziga yetib borishi va 5 million kishi jabr koʻrishi mumkin.
Shuningdek, Turkmaniston va Afgʻoniston tabiiy ofat zonasiga kirishi mumkin.
Sarez koʻli Tojikistonning Togʻli Badaxshon avtonom viloyatida dengiz sathidan 3255 metr balandlikda joylashgan. Uning uzunligi 70 kilometrni tashkil etadi, maksimal oʻlchangan chuqurlik taxminan 500 metrni, suv hajmi 17 kub kilometrdan oshadi.
Ushbu koʻl – toʻsib qoʻyilgan boʻlib, 1911-yilda yuz bergan vayronakor zilzila oqibatida paydo boʻlgan.
2000-yilda Jahon banki rahbarligida xalqaro loyiha ishga tushirildi – Sarezda 2004-yilda yangilangan zamonaviy ogohlantirish va monitoring tizimlari paydo boʻldi.
OTB 2018-yil sentyabr oyida Tojikistonga tabiiy ofatlar va iqlim oʻzgarishiga tayyorgarlik koʻrish va ularga qarshi kurashishda yordam berish va tabiiy ofatlarning odamlarga taʼsirini kamaytirishga yordam beradigan tabiiy ofatlar xavfini boshqarish loyihasini maʼqulladi.
2020-yilda Osiyo banki uskunalarni modernizatsiya qilish uchun 10 million dollar ajratdi, deb yozadi xabar.uz.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Yerga yaqin masofada uchib oʻtadigan asteroid sayyoramiz uchun qanday xavf tugʻdiradi?
PREZIDENTIMIZ SHAVKAT MIRZIYOYEV QISHGA TAYYORGARLIKDA YO‘L QO‘YILGAN KAMCHILIKLARNI TANQID QILDI
Butun dunyo boʻyicha koronavirusning toʻrt mingga yaqin shtammi borligi maʼlum boʻldi
Navoiy viloyatida 2ta mahalliylashtirish loyihalari ishga tushiriladi
Rossiya Oʻzbekiston “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadigan kompaniyani tanlashini kutmoqda
Navoiydagi omborxonada yuzaga kelgan yongʻin 8,5 soatdan soʻng bartaraf etildi
Izohlar (0)