Ochiq muloqot: muammolar va ularning yechimi

Insonlar turmush sharoitini yaxshilash, ularning hayot farovonligini oshirish davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda yurtimizda “Inson qadri” tamoyili asosida fuqarolarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida keng-koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, aholini yillar davomida qiynab kelayotgan muammolariga quloq tutish hamda ularni imkon qadar joyida ijobiy hal etish maqsadida joriy yilning 1-3-iyun kunlari Navoiy viloyatida ommaviy sayyor oʻtkazildi.
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Ozoda Parpiboyeva va Navoiy viloyati hokimining oʻrinbosari Malika Mamadiyarova ishtirok etgan sayyor qabullarda jami 72 ta fuqarodan 91 ta masaladagi murojaatlar kelib tushdi.
Qabul davomida 8 nafar xotin-qizning bandligi taʼminlandi, 1 nafariga ishsizlik nafaqasi tayinlandi, 6 nafari kasb-hunarga oʻqitilishi, 6 nafari sogʻligini tiklash, 3 nafariga moddiy yordam ajratish, 3 nafariga uy-joyini taʼmirlab berish, 7 nafar fuqaroga “Ayollar daftari”, 2 nafariga “Yoshlar daftari” doirasida amaliy yordam koʻrsatish belgilandi, 8 nafar fuqaroga reabilitatsiya vositasi berildi. Bundan tashqari 17 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berildi, 16 nafari tegishli tashkilotlarga yoʻnaltirildi, 5 ta murojaat nazoratga olindi. Oʻtkazilgan ommaviy qabulda 9 nafar fuqaro davlatimiz rahbariga yaratilgan imkoniyatlar va sharoitlar uchun oʻz minnatdorchiligini bildirdi.
Navoiy viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi matbuot xizmati

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)