Huquqiy xizmat koʻrsatish yoʻlida...
Shu maqsadda, huquqiy yordam olishga muhtoj xotin-qizlar (huquqiy maslahat olish istagida boʻlgan, huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida murojjaat qilganlar)ga bepul yuridik xizmatni hamkor tashkilotlar, tuman oilani qoʻllab -quvvatlash tuman boʻlimi, tuman Adliya boʻlimi bilan hamkorlikda bir qancha amaliy ishlar olib borildi.
Ayniqsa, tumandagi “Beshrabod” MFY, “Paxtakor”MFY, “Navkar” MFY, “Kalkon-ota” MFY da uchrashuv va davra suhbatlari oʻtkazildi. Uchrashuvda aholidan shu bilan birga xotin-qizlardan oʻzlariga qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob olishdi. Shu bilan birga ulardan tushgan turli xil masalalar boʻyicha tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan yaqindan amaliy koʻmak koʻrsatildi.
Ayniqsa nogironligi boʻlgan va davolanishga muhtoj boʻlib, oilaviy sharoiti ogʻir bilan fuqarolarga ijtimoiy taʼminoti hal etib berildi va ularni reablitatsiya markazlariga davolanish yoʻllanmalar berildi.
“Paxtakor” MFY hozirgi kunda jami 3590ta xonadon aholi tomonidan 20 ga yaqin turli masalalarda murojaatlar kelib tushdi. Ayrim murojaatlar boʻyicha ularga huquqiy masalahat berildi. Shu bilan birga tuman Adliya boʻlimi tomonidan kelib tushgan murojaatlar boʻyicha ijobiy hal etib berildi.
Shu bilan birga aholiga mamlakatimizda olib borilayotgan qonunchilikka oid yaʼni aholiga ayniqsa, kam taʼminlangan hamda kambagʻal oila vakillariga davlatimiz tomonidan berilayotgan ijtimoiy yordam toʻgʻrisida ham tushuntirish ishlari olib borildi, ularga huquqiy masalahat berish uchun telegram kanali ochilib, tumandagi “Madad” huquqiy byurosi mutaxassislari tomonidan qonuniy tarzda javob berildi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Kasaba uyushmasi: Xotin-qizlarga e’tibor
Tizimdagi tarixiy hodisalar
Yuridik klinika bu qanday teleloyiha?
Davlat grаnti uchun tanlov
Ayollarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslar
Xatirchi tumanida 43yoshli koʻzi ojiz boʻlgan fuqaroning tugʻilgan vaqtini belgilash haqida yuridik ahamiyatga ega boʻlgan fakt belgilandi
Izohlar (0)