Ajrim yoqasidagi bir oila yarashtirildi
Qadriyatlarimizga koʻra, oilani asrab-avaylash, uning mustahkamligini ta’minlash, darz ketgan oilalarni yarashtirish eng ezgu amallardan hisoblanadi.
Bu borada mutasaddi idoralar, xususan Zarafshon shahar hokimligi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi bilan hamkorlikda fuqarolik ishlari boʻyicha Zarafshon tumanlararo sudi tomonidan oʻtkazilayotgan targʻibot tadbirlari hamda sayyor qabullarda keng koʻlamli tushuntirish va tashviqot ishlari olib borilib, oilaviy ajrimlarning salbiy jihatlari va oqibatlari oila qurgan va qurmoqchi boʻlgan yoshlar va ularning ota-onalariga tushuntirib kelinmoqda.
Albatta, bu oʻzining ijobiy samarasini berib, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarning yarashishiga hamda er-xotin oʻrtasidagi muayyan tushunmovchiliklarning bartaraf etilishiga olib kelmoqda.
Jumladan, ana shunday oilalardan biri boʻlgan Zarafshon shahridagi "A.Navoiy" MFYda yashovchi R.M. 2021-yil 30iyul kuni fuqarolik ishlari boʻyicha Zarafshon tumanlararo sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, unda turmush oʻrtogʻi A.A. bilan oʻrtalarida tuzilgan qonuniy nikohni bekor qilishni soʻragan.
Sud tomonidan mazkur murojaatni oʻrganish jarayonida taraflarning birgalikdagi turmushidan bir nafar voyaga yetmagan farzandi borligi, oiladagi oʻzaro kelishmovchiliklar sababli oila ajrim yoqasiga kelib qolganligi aniqlanib, mazkur holatlar hamda oilani saqlab qolish imkoni borligi inobatga olingan holda sudning ajrimi bilan oilani yarashtirish choralarini koʻrish uchun tegishli muhlat berilib, mazkur muddat mobaynida taraflarning oʻzaro yarashib olishlari uchun sud tomonidan zarur choralar koʻrilgan.
Natijada, taraflar sud tomonidan yarashish uchun berilgan ushbu muddatdan unumli foydalanib, oʻrtalarida mavjud boʻlgan tushunmovchiliklarni oʻzaro bartaraf etishib, oʻz oilasining tiklanishiga erishdilar.
Bu esa oʻz navbatida, voyaga yetmagan farzandning oʻz ota-onasi bagʻrida ulgʻayib, mehrga zor boʻlmasligiga, shuningdek er-xotin oʻrtasidagi turli nizolarni hamda ular oʻrtasida kelib chiqishi mumkin boʻlgan turli nohush oqibatlarning oldini olishga imkon yaratdi.
Yuqorida keltirilgan holatlardan kelib chiqib, mazkur xayrli ishlar kelgusida ham faollik bilan hamkorlikda davom ettirilib, bu borada maqsad qilingan oilaviy ajrimlar sonini kamaytirish, voyaga yetmagan begunoh farzandlarning tirik yetim qolishini oldini olish, ayollarni oilaviy ajrimdan soʻng ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolishidan saqlash va buning natijasida ogʻir salbiy oqibatlar kelib chiqishining oldini olish uchun munosib hissa qoʻshib boriladi, albatta.
Anvar Shukurov
Fuqarolik ishlari boʻyicha Zarafshon tumanlararo sudi raisi

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)