Navoiyda xodimga “kelishishni” taklif qilgan fuqaro ushlandi
Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning barchasi fuqarolarimizning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan. Shunga qaramay qonunlarni oʻzlaricha talqin qilib, meʼyoriy hujjatlarsiz transport vositasini boshqarayotgan, oʻz kirdikorlariga koʻz yumishi uchun soha xodimlariga “hadya” bermoqchi boʻlayotganlar ham uchrab turibdi.
Joriy yilning 2-fevral kuni Navoiy viloyati IIB YHXB safarbarlik guruhlari tomonidan oʻtkazilgan tadbirda “Cobalt” rusumli avtomashina toʻxtatilib tekshirilganda haydovchida boshqarish huquqini beruvchi hujjatlar yoʻqligi aniqlandi. Jizzaxlik fuqaro Y.A tomonidan boshqarib kelinayotgan avtomashina sodir etgan maʼmuriy huquqbuzarligi uchun “Karmana Oq Saroy” MCHJga qarashli avtomashinalar jarima maydoniga keltirilgan. Ammo vaziyatni jiddiy baholamagan haydovchi mashinani jarima maydonidan chiqarib berish evaziga YPX inspektori safdor A.Oʻroqovga pora tariqasida 50 AQSH dollari taklif qiladi. Xodim fuqaroning ushbu xatti-harakati qonunga zid boʻlib, buning uchun javobgarlik muqarrar ekanligini tushuntirishiga qaramay haydovchi pora taklif etishda davom etadi. Inspektor oʻz vaqtida rahbariyatni ogohlantirgani bois, IIV OʻXB Navoiy viloyati boʻyicha boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir natijasida pora bermoqchi boʻlgan shaxs ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan A.Yga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)