Xotin-qizlar uchun 500 ta davlat granti beriladi
Bugungi kunda poytaxt oliygohlarida 250 ming talaba ta’lim olmoqda. Kelgusi besh yilda bu koʻrsatkich 2 barobarga oshadi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ma’lum qilib oʻtdi.
Amaldagi davlat rahbarining ta’kidlashicha, oliy ta’lim sohasida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
bugungi uchrashuv oʻtkazilayotgan «Yoshlar shaharchasi»ning quvvatlari kengaytiriladi va uning infratuzilmasi yangilanadi;
Yangi Oʻzbekiston koʻchasi boʻylab, bir nechta oliygohlarni bogʻlagan holda, 25 ming oʻrinli kampuslar tashkil etiladi;
kamida 20 ta oliygoh ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkaziladi;
Milliy universitet va Texnika universitetini jahonning nufuzli reytinglariga kirishi boʻyicha alohida dastur qabul qilinadi;
kelgusi besh yilda zarur boʻladigan yangi kasblar boʻyicha, nufuzli xorijiy universitetlar bilan birga, kamida 10 ta yangi oliygoh tashkil etilib, amalda ishlab turganlari bilan, ularning jami soni 31 taga yetadi;
magistraturada ta’lim olish uchun, Toshkent shahridagi xorijiy va nodavlat oliygohlarga – 200 ta hamda xotin-qizlar uchun davlat oliygohlariga 500 ta davlat granti beriladi;
har bir talabaga oyiga 5 Gigabayt bepul internet beriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)