Citylar soni yana bittaga koʻpayadi
Shavkat Mirziyoev ayni vaqtda Sirdaryo viloyatida boʻlib turibdi. Amaldagi davlat rahbari saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida uy-joy taʻminoti masalasiga toʻxtalib oʻtdi.
“Kelgusi besh yilda viloyatda 10 ming xonadonli uy-joylar quriladi. Shundan, 1,5 mingdan ziyod uy-joy kam taʻminlangan oilalarga ajratilib, ularga ipoteka krediti boʻyicha 60 milliard soʻmlik subsidiyalar beriladi. Jumladan, ogʻir turmush sharoitida yashayotgan 800 nafar ayollarga subsidiya ajratiladi, 450 nafariga boshlangʻich badal puli toʻlab beriladi, 120 nafari bepul uy-joy bilan taʻminlanadi», — dedi davlat rahbari.
Shuningdek Shavkat Mirziyoev Guliston shahrining eski dehqon bozori oʻrnidagi 42 gektar maydonda «Guliston city» barpo etilishini maʻlum qildi.
Bu yerda, 1 ming 700 xonadonli 16 qavatli turar-joylar, umumtaʻlim va biznes maktablari, 2 ta bolalar bogʻchasi, zamonaviy klinika, madaniyat markazi va mehmonxona quriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)