Sovuq ob-havo kuchayadi
Respublika Gidrometeorologiya markazi yangi haftada kutiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Kecha shimoliy hududlarga, bugun O‘zbekiston hududining katta qismiga Volga bo‘yi hududlaridan nam va sovuq havo kirib keldi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Tog‘li hududlarda kuchli bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduz kungi havo harorati 7-9 daraja iliq, shimolda 2 daraja sovuq-3 daraja atrofida bo‘ladi.
14-dekabrda siklon ta’siri saqlanib turadi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechasi va yertalab, respublikaning qolgan hududlarida kun davomida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Respublikaning shimolida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 1-3 daraja sovuqqacha, kunduzi 3-5 daraja iliqgacha, respublikaning shimolida 7-12 daraja sovuqgacha, kunduzi 1-6 daraja sovuqgacha pasayadi, o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 4-6 darajaga past bo‘ladi.
15-dekabrda respublika bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida biroz qor yog‘ishi mumkin. Antitsiklonning sovuq periferiyasi ta’siri hisobiga kechasi havo harorati 4-6 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 3-5 daraja iliq atrofida saqlanib turadi.
16-17-dekabr kunlarida antitsiklon ta’siri asta-sekin zaiflashadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechalari 0-3 daraja sovuqni tashkil yetadi, kunduz kunlari 7-10 daraja iliqqacha asta-sekin ko‘tariladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)