Ilm oʻrganish haqidagi hadislardan
Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar: “Ilmdan bir bob oʻrganib tong ottirishing yuz rakat namoz oʻqishingdan afzaldir”. (Imomi ibn Abdulbar Abu Zarr rivoyat etgan).
Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam yana aytadilar: “Kishi ilmdan bir bob oʻrganishi uning uchun dunyo va undagi narsalardan yaxshiroqdir” (Imom ibn Abdul Bar Hasan Basriydan mavquf holda rivoyat qilgan).
Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Ilmni Chinda (Xitoyda) boʻlsa ham oʻrganinglar” (Imom ibn Adiy va Bayhaqiylar zaif isnod bilan rivoyat qilishgan).
Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar: “Ilm – xazina, uning kalitlari- savol. Soʻranglar, soʻrashda 4 kishi savobga ega boʻladi: Soʻrovchi, olim, eshituvchi, ularni doʻst tutuvchi” (Abu Nuʼaym zaif isnod bilan rivoyat qilgan).
Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Johil bilmaganini soʻramasligi, olim bilganini aytmasligi durust emas” (Taboroniy, Ibn Murdavayh, ibn Sunniy, Abu Nuʼaymlar rivoyat qilishgan).
Abu Zarr rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Olimning majlisida hozir boʻlish ming rakat namozdan, mingta kasalni borib koʻrishdan, mingta janozada ishtirok etishdan afzaldir”, dedilar. Shunda: “Yo Rasululloh, Qurʼon tilovatidan ham yaxshiroqmi?” deb soʻrashdi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Ilm boʻlmasa, Qurʼon tilovati foyda beradimi?”. (Ibn Javziy “Mavzuʼot”da zikr qilgan).
Islom buyuklari ham ilm oʻrganish fazilatini ham koʻp taʼkidlashgan.
Ibn Abbos roziyallohu anhu aytadilar: “Ilm olishda (qiynaldim), bir oz xorlandim, tilagim hosil boʻlgach azizu mukarram boʻldim”.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)