Internet firibgarlari
Sizga internetdan noaniq pochta manzillaridan turli takliflar, pul oʻtkazmalari toʻgʻrisida xabarlar keldimi, bunga ishonmang, bunday taklif va xabarlar internet firibgarlarining oʻydirmasidir, deb ogohlantiradi IIB mabuot xizmati.
Bunday taklif va xabarlar hir xil mazmunda boʻlishi mumkin: “Sizning nomingizga chet eldagi shu insondan katta miqdordagi meros qoldirilgan, men uning advokati boʻlaman, pasport maʼlumotlaringizni plastik karta raqamlaringizni yuborsangiz yoki merosni rasmiylashtirish uchun dastlabki toʻlovlarni amalga oshirishingiz lozim, shuncha miqdorda pul yuboring”;
“qoʻshni Afgʻoniston Respublikasiga harbiy xizmatni oʻtash uchun kelganman, ushbu joyda muhim topshiriqni bajarganligim uchun katta miqdorda pul berildi, buni AQSHga olib keta olmayman rasmiylarning bu haqida xabari yoʻq, shuni Sizni nomingizga yuborsam, xizmatni oʻtab chiqib Oʻzbekistonga boraman shu yerda birga biznes qilib ishlatamiz”;
“Xalqaro joʻnatmalardanmiz Sizga yuk yuborilgan, olishingiz uchun toʻlovni amalga oshiring” deb turli xildagi pochta joʻnatmalari yorligʻi yopishtirilgan, soxta tusi oʻzgartirilgan fotosuratlarni yuboriladi;
“Oʻzbekiston Respublikasi IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurash boʻlimidan bildirishnoma! Siz Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taqiqlangan materiallar, yaʼni pedofiliya, zoʻravonlikni targʻib qilish elementlariga ega boʻlgan pornografiya materiallari mavjud boʻlgan pornografik saytlarga tashrif buyurganligingiz uchun blokirovka qilindingiz. Blokirovkani yechish uchun Siz shu plastik raqamiga davlat hamyoniga 310.000 soʻm miqdorida jarima toʻlashingiz zarur”;
“Siz lotoreyada gʻolib chiqdingiz yoki sovgʻalar soni cheklangan aksiyada ishtirok eting, sovgʻani qoʻlga kiriting” va boshqa koʻplab turli xil mazmundagi murojaatlar orqali, fuqarolarimizni qiziqtirish va muloqotga kirishishga undash.
Muloqot jarayonida jinoyatchilar jabrlanuvchiga oʻzi haqidagi yolgʻon toʻqima maʼlumotlarni, fotosuratlarini yuborib, ishonchiga kiradi, soʻngra elektron pullarini qoʻlga kiritmoqda.
Noqonuniy harakatlarning belgilari sifatida umuman begona shaxs Sizga toʻgʻridan-toʻgʻri taklif bilan murojaat qilib qolishi, chet el telefon nomerlari orqali chiqishi, foydalangan veb-saytida noaniqliklar borligi, misol uchun mvd.mvd.mvd kabi shubhali rasmiy boʻlmagan veb-saytlardan foydalanilganligi va boshqalarni koʻrish mumkin.
Bu kabi holatlarga tushib qolmaslik uchun, ijtimoiy tarmoqlarda begona fuqarolar bilan umuman muloqot qilmang, internetda manfaat keltiruvchi har qanday taklifga shubha bilan qarang, pullaringizni joʻnatish zarur boʻlganda ham ozroq fursat tanaffus qilib, bir nechta yaqinlaringiz bilan maslahatlashing, keyin qaror qabul qiling.
Sizga biror kishi oʻzidan-oʻzi moddiy manfaat keltiruvchi harakatlarni shunchaki qilib bermasligini yodda tuting. Ogoh boʻling!
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
“Aytishlaricha, Toshkentdagi 168-maktabda ro‘molli qizlar maktabga kiritilmabdi” sarlavhasi ostida tarqalgan xabarlarga izoh berildi
TURLI SOXTA HUJJATLAR BILAN CHEGARALARNI KESIB O‘TISHGA URINISH O‘ZBEKISTON VA ROSSIYA QONUNLARIGA KO‘RA, JINOIY JAVOBGARLIKKA TORTILISHGA SABAB BO‘LISHI MUMKIN
Gruziyaning o‘ziga xos urf-odatlari
PLASTIK KARTA FIRIBGARI
Oʻzbekiston fuqaroligidan chiqmagan holda boshqa davlat fuqarosi boʻlish mumkinmi?
KARMANALIK TADBIRKORGA 447 MILLION SO‘MDAN ORTIQ PUL MABLAG‘LARI UNDIRIB BERILDI
Izohlar (0)