BUYUKLIK ODDIYLIKDA
Ushbu surat 1973 yil olingan bo‘lib, unda metro o‘rindig‘ida o‘tirgan Norvegiyaning o‘sha paytdagi qiroli Olav V (1957-1991 yillarda davlatni boshqargan) konduktorga o‘zining metro chiptasini ko‘rsatmoqda.
Qiziqarlisi, qirol hech qanday qo‘riqchilarsiz va shohona kiyimlarsiz oddiy olimpiyka kiyib metroga tushgan. Shoshilganidan uning yoniga o‘tirib qolgan ayol dastlab uni tanimagan va atrofdagilarning taajjubli nigohlaridan keyingina kimning qarshisida ekanligini payqagan.
Keyinchalik OAVga bergan interv`yusida qiroldan nega bitta o‘zi, soqchilarsiz jamoat transportiga tushganini so‘rashadi va Olav V donolik bilan quyidagicha javob beradi: “Atrofimda 4 million xalqim turganida, qo‘riqchining hech ham keragi yo‘q!”
Garchi davlat boshlig‘i sifatida alohida hashamdor avtoulovdan foydalanish huquqiga ega bo‘lsada, Olav V el qatori mashina minib, uni o‘zi boshqargan va doim umumiy yo‘ldan yurgan.
1973 yilda yoqilg‘i taqchilligi yuz berganligi tufayli aholiga benzinning cheklov bilan sotilishi yo‘lga qo‘yilgan va dam olish kunlari mashina haydash taqiqlangan edi, ammo qirol o‘z fuqarolari bilan birdamligini namoyish etish va hordiq chiqarish maqsadida sevimli chang‘isini yelkasiga osib, metro orqali Xolmenkollen istirohat va madaniyat markaziga yo‘l oladi.
To‘g‘ri, yuqoridagi cheklovlar qirol va boshqa saroy amaldorlariga daxl qilmagan, ammo xalqini og‘ir kunlarda qullab-quvvatlash uchun ham Olav V hamma qatori metrodan foydalangan, konduktor oldiga kelganida chipta narxini so‘rab, chipta sotib olgan. Norvegiya xalqi shu va boshqa ko‘plab sabablar tufayli ham uni yaxshi ko‘rgan va "Folkekongen", yaʼni "Xalq hukmdori" deya nom bergan.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
O‘G‘IRLIK TUFAYLI U BIR QATOR BAXTSIZLIKLARNI BOSHDAN KECHIRGAN
Yil yakuni uchun mutolaa: Bill Geyts 5ta kitobni tavsiya qildi
JORIY YILDA IS GAZIDAN VAFOT ETGANLAR BOR
Nurota tumanida dafn etilgan - Qozoq xalqi qahramoni Ayteke biy
NUKUS SHAHRIDA YOʻLNI TOʻSIB QOʻYGAN AYOLLARNING 591 MLN SOʻMLIK TOʻLANMAGAN ISH HAQI BUGUN TOʻLIQ BERILADI
SOLIQ IMTIYOZLARI FAROVONLIK UCHUN XIZMAT QILADI
Izohlar (0)