Adliya vazirligi: Endi advokatlar ham sud-ekspertizasi tayinlash huquqiga ega bo‘ladi
Adliya vazirligi: Endi advokatlar ham sud-ekspertizasi tayinlash huquqiga ega bo‘ladi
Oliy Majlis Senatining 27-yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonuni ko‘rib chiqildi.
Qonunga muvofiq, advokatlar kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida yana bir qancha huquqlarga ega bo‘lmoqda.
Jumladan, iqtisodiy, fuqarolik va ma'muriy ish yuritishda sudga qadar tayyorgarlik va sud jarayonida ishonch bildiruvchi shaxsning roziligi bilan ekspert xulosasini sud muhokamasida taqdim etish huquqi asosida davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida shartnoma asosida advokat so‘roviga ko‘ra ekspertiza o‘tkazilishini so‘rash, shuningdek, ekspertiza xulosasini ish materiallariga qo‘shib qo‘yilishini va sud tomonidan ushbu xulosa ishdagi mavjud dalillar bilan birgalikda baholanishini talab qilish huquqi shular jumlasidan.
Advokat tomonidan tayinlanadigan sud ekspertizaning afzalligi shundaki, bunda advokat shaxsan hal etilishi lozim deb topgan savollarni ekspertlar oldiga qo‘yish va ushbu savollar asosida xulosa olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa, sudda tortishuv instituti tamoyilining to‘laqonli amalga oshirilishi orqali odil sudlovni yanada ta'minlashga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Shu bilan birga, Qonun bilan nodavlat sud ekspertiza instituti faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlash, prosessual qonunchilik hujjatlarida nodavlat sud-ekspertlarining sud ish yurituvidagi ishtiroki hamda ularning vakolatini belgilash maqsadida Fuqarolik prosessual kodeksi, Iqtisodiy prosessual kodeksi va Ma'muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodekslariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Xususan, fuqarolik, ma'muriy va iqtisodiy sud ishlarini yuritishda ekspert sifatida nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining eksperti ham ishtirok etishi mumkinligi nazarda tutilmoqda.
Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Go‘sht va kartoshka importiga oid qonun ma’qullandi
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi rahbari o‘zgardi
Ochilmagan jinoyatlar tadqiq etiladi
Sudyalar oliy kengashi tarkibidagi yangi o’zgartirishlar
SOLIQ IMTIYOZLARI FAROVONLIK UCHUN XIZMAT QILADI
KARMANALIK TADBIRKORGA 447 MILLION SO‘MDAN ORTIQ PUL MABLAG‘LARI UNDIRIB BERILDI
Izohlar (0)