SOLIQ IMTIYOZLARI FAROVONLIK UCHUN XIZMAT QILADI
Joriy yilning 2020 yil 1 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi.
Ushbu hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Jumladan, Qonunga:- spirt, alkogol` mahsulotlari, shu jumladan vino va pivo uchun aktsiz solig‘i, shuningdek, benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilishdagi aktsiz solig‘ining amaldagi stavkalari saqlab qolish;
- qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliqni ko‘paytirish (yetishtirish) uchun foydalaniladigan suv hajmlari bo‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2020 yil uchun belgilangan stavkalardan 50 foizga pasaytirish;
- 2020 yil 1 apreldan 2020 yil 31 dekabrga qadar bo‘lgan davrda umumiy ovqatlanish korxonalari alkogol` mahsulotini chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘im to‘lash dan ozod qilish tarzdagi belgilangan imtiyozlar kiritildi.
Soliq kodeksiga esa qo‘shimcha uchta moddadan iborat bo‘lgan yangi “Alohida sharoitlarda soliq majburiyatlarini bajarish” nomli 72-bob kiritildi. Bunda, ushbu moddalar bilan:
- Alohida sharoitlarda qo‘shimcha vakolatlar berish;
- Soliqlarni, soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha foizsiz to‘lashni kechiktirishning yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashni qo‘llashning va alohida sharoitlarda soliq majburiyatlarini bajarishning vaqtinchalik tartibi;
- Vaqtinchalik soliq imtiyozlari nomli qoidalar kiritildi.
Mazkur Qonun bilan Soliq kodeksiga kiritilgan qoidalar 2020 yil 1 martdan e’tiboran yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi
matbuot xizmati
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
QARZDORLIK UNDIRIB BERILADI
ISSIQXONALARIMIZDAGI FITOSANITAR HOLAT QANDAY?
OILAVIY SHAROITIMDAN KELIB CHIQIB HISOBLASAK, KREDIT TO‘LASHGA IMKONIYATIMIZ BO‘LMAS EKAN
OʻZBEKISTON VAKSINA SOTIB OLISH UCHUN QANCHA SARFLASHI MAʼLUM BOʻLDI
OLIS ABXAZIYANING ATARA QISHLOGʻIDA BIR KUN…
Balandparvoz gaplar bilan iqtisodiyotni yuritib bo‘lmaydi - Shavkat Mirziyoyev
Izohlar (0)