KARMANALIK TADBIRKORGA 447 MILLION SO‘MDAN ORTIQ PUL MABLAG‘LARI UNDIRIB BERILDI
Xizmatni qilib, mablag‘ini ololmagan tadbirkorlar qayerga boradi. Albatta, huquq va manfaatlari himoya qilinadigan tashkilotga. Qurilishga ixtisoslashgan “Grand story servis Karmana” MCHJ rahbari I. Gaforov ham Karmana tumani adliya bo‘limiga qarzdorlikni undirishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi. Qarzdorlikni umumiy miqdori 447 242 811 so‘mni tashkil etadi.
Holat o‘rganilganda, jamiyat tomonidan Navoiy shahar Maktabgacha taʼlim bo‘limiga qarashli 2 ta maktabgacha taʼlim tashkilotida qurilish taʼmirlash ishlari bajarilgan bo‘lsada pullar to‘lab berilmagani maʼlum bo‘ldi. Xususan, 6-son MTTda 412 994 364, 16-son MTTda esa 34 248 447 so‘mlik taʼmirlash ishlari og‘zaki shartnoma asosida amalga oshirilgan.
- Qurilishni kelishilgan talablar asosida tugatib berdik. Ishlarimizni buyurtmachilar dalolatnoma orqali qabul qilishdi. Hisob varaqalarimiz ham bor. Gap to‘lovga kelganda esa mablag‘ yo‘qligi aytildi. Keyin adliya bo‘limiga murojaat qildik, ularga ming rahmat, qonuniy yo‘l bilan pulimizni undirish chorasini qilib berishdi-deydi MCHJ rahbari I.Gaforov.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 631-moddasi, Byudjet kodeksining 122-moddasi va Oliy xo‘jalik sudi plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan qurilish pudrati shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 306-sonli qaroriga asosan tadbirkor manfaatiga Karmana tumanlararo Iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi kiritildi. Mazkur qonun hujjatlarida pudrat shartnomasi tuzishda tomonlar huquqi va burchlari keltirib o‘tilgan. Ayni paytda tadbirkorga belgilangan mablag‘lar sud qaroriga binoan undirib berildi.
Jamshid HAMROEV,
Karmana tuman adliya bo‘limi masʼul xodimi
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
QARZDORLIK UNDIRIB BERILADI
QARZDOR KARANTIN EʼLON QILINGANLIGINI RO‘KACH QILIB, SUD QARORINI BAJARISHDAN BOSH TORTIB KELGAN
NAVOIY – FAXRIMSAN MENING!
Balandparvoz gaplar bilan iqtisodiyotni yuritib bo‘lmaydi - Shavkat Mirziyoyev
PREZIDENTIMIZ SHAVKAT MIRZIYOYEV QISHGA TAYYORGARLIKDA YO‘L QO‘YILGAN KAMCHILIKLARNI TANQID QILDI
MEHNATGA HAQ TO‘LASH BO‘YICHA QARZDORLIK ANIQLANDI
Izohlar (0)