Bayram kunidagi koʻngilsizlik
8-mart bayram kunida hamma oʻz ayollarini koʻnglini olib, xursandchilik qilib turgan bir paytda, Qarshi tumanidagi mahallalardan bir xonadonda mudhish voqea sodir boʻldi. Ayol erining haqoratu kaltaklari ostida qoladi. Erining changalidan qutulib, zoʻrgʻa koʻchaga yuguradi.Tezda profilaktika inspektoriga xabar beradi. Uchastka noziri va mahalla raisi tezda yetib keladi. Mahalla raisining aytishicha, erkakni chaqirganda, “men yashashni xohlamayman, oilamni ham oʻzimni ham oʻldiraman”, deb uyga kirib gaz ballonni ochgan.
Ayolning aytishicha, avvaldan ham bu xonadonda janjal sodir boʻlgan, bolalari voyaga yetganda ham toʻxtamagan. Oʻsha kungi toʻpalonga ham biror arzirli sabab yoʻq edi. Quyushqondan chiqqan er maishiy gaz ballonni uyga olib kiradi va oila aʼzolarini uyini kulini koʻkka sovurishni aytadi.
Profilaktika inspektori ayol va uning qizini xavfsiz joyga qoʻyib qaytar ekan, uy ichidagi erni tashqariga olib chiqish maqsadida eshikka yaqinlashadi. Shu payt gazga toʻlib turgan xonaga gugurt chaqib yuboradi. Natijada portlash sodir boʻlib, uyning bir qismi qulab tushadi.Jarohat olgan uchastka nozirini qoʻshnilar shifoxonaga olib borishadi.
Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deb xabar beradi zamon.uz.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)