Oʻgʻri ayol

Fazilat 2013-yilda turmushga chiqqach, Olloh bergan rizqiga noshukurlik qilib, turmush oʻrtogʻining topganiga qanoat qilish oʻrniga 2017-yilning oʻzida ikki marotaba oʻgʻirlik jinoyatini sodir qilib, sud tomonidan hukm qilinadi.
Fazilat muqaddam ikki marotaba sudlanganidan tegishli xulosa chiqarmasdan, qolaversa voyaga yetmagan 2014, 2016, 2018-yillarda tugʻilgan ikki oʻgʻil, bir nafar qiz farzandlari boʻla turib yana oʻgʻirlik jinoyatini sodir qilib, voqea joyida qoʻlga tushdi.
U 2020-yilning 26-yanvar kuni taxminan soat 13:30 larda Amudaryo tumani “Mangʻit savdo kompleksi” MCHJda joylashgan yakka tadbirkor T.S. ga tegishli savdo doʻkoni omborxonasi ichkarisida turgan savdodan tushgan, quti ichida turgan 400.000 soʻm pullarni yashirin ravishda oʻgʻirlab, shimining tashqi tomon kissasiga solib, savdo doʻkonidan chiqib ketayotganida, ushbu doʻkon sotuvchisi tomonidan daliliy ashyo bilan ushlangan. “Qilmish-qidirmish” deganlaridek, Fazilatning navbatdagi jinoyati ham fosh boʻlib, jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Xoʻjayli tuman sudi tomonidan Fazilatga oid navbatdagi jinoyat ishi koʻrib chiqildi.
Sudda Fazilat aybiga toʻliq iqrorlik bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, oilasining barcha aʼzolari ishsiz. Qozoqstonga ishlash uchun ketgan turmush oʻrtogʻi ham 2020-yil 20-yanvar kuni uyiga pulsiz qaytib kelgan. Kamiga erim chet eldan kelsa beraman deb kreditga muzlatgich sotib olgan. Bundan tashqari uyi yaqinidagi oziq-ovqat doʻkonlaridan bir million soʻmga yaqin qarzi bor. Eri shuncha vaqt ishlab pul olib kelmaganligi tufayli qarzlarini qanday qilib toʻlashni oʻylay boshlagan ayol oxir oqibat oʻgʻirlik qilib pul topish fikriga kelgan. Oqibatda Amudaryo tumani bozoriga borib oʻgʻirlik qilgan.
Sud tomonidan sudlanuvchiga qilmishiga yarasha 5 yil 3 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlanib, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 533-moddasi 1-qismi 3-bandiga asosan kenja farzandi uch yoshga toʻlgunga qadar tayinlangan jazosini kechiktirish toʻgʻrisida hukm chiqarildi, deb xabar beradi Jinoyat ishlari boʻyicha Xoʻjayli tuman sudi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Navoiyda IIB xodimining avtomashinasini olib qochmoqchi boʻlgan muqaddam sudlangan shaxs qoʻlga olindi

OIV infeksiyasini bir necha shaxslarga qasddan yuqtirgan ayol qoʻlga olindi

Qidiruvga eʼlon qilingan shaxslar qoʻlga olindi

Namanganda masjidni tunamoqchi boʻlgan uddaburon oʻgʻri qoʻlga tushdi

Qizni uylanishga majburlagan yigit sud oldida javob beradi

O‘G‘IRLIK TUFAYLI U BIR QATOR BAXTSIZLIKLARNI BOSHDAN KECHIRGAN
Izohlar (0)