Devor bosib qolishi oqibatida 3 kishi halok boʻldi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi matbuot xizmatining 1-mart kuni bildirishicha, eski uyini buzayotgan uch kishi devor bosib qolishi oqibatida halok boʻldi.
Rasmiy maʼlumotda aytilishicha, 28-fevral kuni soat 12:30 da Xoʻjayli tumanidagi “Madaniyat” mahallasida yashovchi A.A.,ning eski uyini buzayotgan B.Q., S.L., va J.T., devor qulab tushgani ortidan voqa joyida halok boʻlgan.
Xoʻjayli tuman Ichki ishlar boshqarmasi Tergov boʻlimi bu voqea yuzasidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandi (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish odam oʻlishiga sabab boʻlishi) asosida jinoyat ishi ochgan.
Tergov ishlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan, deb yozadi “Ozodlik kanalitm”.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Koʻcha bezorilari ayollarni bir necha bor kaltakladi
Buxorodagi gaz portlashida 12 kishi jarohat olgan. Portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Qidiruvda bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi
Texasda sodir boʻlgan baxtsiz hodisa tufayli besh kishi halok boʻldi
“Yangi-Angren” IESda yuz bergan portlash oqibatida uch kishi halok boʻldi
Is gazidan ogoh bo‘ling
Izohlar (0)