10-iyun kuni quyosh tutiladi
10-iyun kuni oʻzbekistonliklar quyosh tutilishiga guvoh boʻlishadi.
“Yaqin orada oʻzbekistonliklar 2021-yilda birinchi noyob astronomik hodisa- 10-iyunda boʻladigan quyosh tutilishini yana bir bor kuzatish imkoniyatiga ega boʻlishadi. Bu gal oy quyosh diskining faqat kichik qismini qamrab oladi, yaʼni qisman quyosh tutilishini koʻra olamiz. Bu quyosh tutilishining halqasimon fazasi Rossiya, Grenlandiya va Shimoliy Kanadadan koʻrinib turadi. Ob-havo qulay kelsa, Shimoliy Osiyo, Yevropa va AQSH aholisi ham qisman quyosh tutilishini koʻra oladi”, - deyilmoqda Ulugʻbek nomidagi Astronomiya instituti tarqatgan xabarda.
Toshkent vaqti boʻyicha tutilish 2021-yil 10-iyun kuni soat 16:57:51da boshlanadi. Maksimal faza 17:26:11da yuz berib, quyosh tutilishi soat 17:53:18da tugaydi.
Toshkentda quyosh tutilishining magnitudasi 7%, Andijonda 8% boʻladi, Nukusda esa magnituda faqat 2%ni tashkil qilib, u deyarli sezilmaydi.
Qayd etish kerakki, Toshkent va Oʻzbekistonning boshqa shaharlarida koʻringan oxirgi qisman quyosh tutilishi 2020-yilning 21-iyunida sodir boʻlib, Toshkentda uning magnitudasi 60% dan ortiq boʻlgan. Keyingi quyosh tutilishi 2022-yilning 25-oktyabrida boʻladi va uning magnitudasi 75% gacha yetadi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)