Rahbar o’rinbosarlari ham prezident oldida javob beradi
“Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlari oʻziga biriktirilgan tarmoq va sohalardagi faoliyatining samaradorligi va natijadorligi yuzasidan Prezident oldida shaxsan javobgardir hamda Vazirlar Mahkamasi oldida hisobdordir.Qaror bilan davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyatini baholash tizimi joriy etiladi.
Bunda:
davlat boshqaruvi organlari va davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlari Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi;har yili ularning faoliyati koʻrsatkichlari davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarining kollegial organlari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi;
faoliyat samaradorligini baholashning asosiy mezonlari va koʻrsatkichlari tizimli monitoring qilinadi;
monitoring natijalari asosida rahbarlar oʻrinbosarlarining faoliyati Vazirlar Mahkamasida har chorak yakuni boʻyicha muhokama qilib boriladi;
baholash mezonlari va koʻrsatkichlari asosida har bir rahbar oʻrinbosari faoliyatiga baho berish orqali ularga ragʻbatlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish choralari koʻriladi.
Qarorga koʻra, vazirliklar va idoralar rahbariyati faoliyatining koʻrsatkichlarini baholashda inson omilini kamaytirish maqsadida asosiy koʻrsatkichlar boʻyicha maʼlumotlarni avtomatik tarzda tahlil qilish orqali mavjud holatni aniqlash imkonini beruvchi maxsus elektron platforma ishga tushiriladi.
Shuningdek, davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlarining har bir oʻrinbosari vakolatlari qayta koʻrib chiqilib, ularning funksional vazifalariga vakolat va javobgarlik chegarasini aniq belgilash boʻyicha qaror loyihasi ishlab chiqiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)