Rossiya tibbiyot universitetining Toshkent filiali ochilmoqda
Bugun, 1-iyul kuni Prezidentimizning “N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur hujjatga koʻra, sogʻliqni saqlash sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashni yana-da takomillashtirish, xalqaro taʼlim standartlarini joriy etish, tibbiy xizmatlar hajmi va sifatini oshirish, tibbiyot amaliyoti, taʼlimi va ilmiy tadqiqotlari oʻrtasidagi integratsiyani taʼminlash, davolash-tashxislash jarayoniga ilgʻor yutuqlarni va innovatsiyalarni tatbiq etish maqsadida yurtimizda N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining Toshkent shahridagi filiali tashkil etiladi.
Shuningdek, qarorga muvofiq:
sogʻliqni saqlash tizimi va aholi salomatligini muhofaza qilish uchun muhim ilmiy-amaliy muammolarni hal qilishga qodir yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash;
tibbiyot kadrlarini tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga yoʻnaltirilgan zamonaviy taʼlim dasturlari hamda oʻqitish shakllarini ishlab chiqish va tatbiq etish, oʻquv jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini, fan va texnikaning soʻnggi yutuqlarini joriy qilish, oʻquv-pedagogik salohiyatni rivojlantirishni ragʻbatlantirish;
tibbiyot va tibbiyot ilm-fani sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni olib borish;
taʼlim va fanning uzluksizligi hamda uzviyligi, shuningdek, jahon taʼlim va ilmiy hamjamiyatiga majburiy integratsiyalashuv hisobiga mutaxassislar, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish;
taʼlim va ilmiy faoliyatning tibbiy va farmatsevtik faoliyat bilan chuqur integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratish;
xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan taʼlim hamda tibbiyot ilmi sohalarida uzoq muddatli munosabatlarni mustahkamlash filial faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi.
Filial taʼlim faoliyatini 2022/2023 oʻquv yilidan boshlaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
“University Cyber Cup”da Inha universiteti jamoasi sovrindor boʻldi
Oʻzbekistonda 2020-yilda bitiruvchilari OTMga kirmagan maktablar soni maʼlum boʻldi
Davlat tilida nom berish xizmati koʻrsatiladi.
Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalari e’lon qilindi
1-iyuldan nimalar o’zgaradi?
СOVID-19 bilan kasallangan fuqarolarni emlash kerakmi?
Izohlar (0)