Olimlar koronavirusning organizmda ko‘payishini to‘xtatuvchi fermentni aniqlashdi

Ta’kidlanishicha, ushbu fermentsiz virus organizmda ko‘paya olmaydi. Ushbu kashfiyot virusga qarshi yangi dori vositalarini ishlab chiqishda yordam berishi mumkin.
Olimlar koronavirusning odam o‘pkasida tarqalishining kompyuter modelini yaratishgan. Unga ko‘ra, virus hujayraga kirganda uni virusning organizmda yanada tarqalishi uchun o‘ziga xos “darvoza” hisoblanuvchi muayyan moddalarni ishlab chiqarishga majbur qiladi.
Bunda virus uchun guanilatkinaza 1 yoki GK1 deb nomlanuvchi ferment alohida ahamiyat kasb etadi. Germaniyalik olimlar tadqiqot davomida ushbu fermentni organizmdan vaqtincha olib turishga muvaffaq bo‘lishgan. Shundan keyin virus “och qolib”, ko‘payishdan to‘xtagan.
Olimlarning ta’kidlashicha, insonning sog‘lig‘i organizmda GK1 fermentining mavjudligiga bevosita bog‘liq emas va ushbu fermentning vaqtincha ishlab chiqarilishini to‘xtatib turish mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Yigirma yildan so‘ng Yer yuzasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan suv xavfi

KORONAVIRUS UCHUN 3 TA VAKTSINANI SOLISHTIRAMIZ: QAYSI SAMARALIROQ?

Pandemiyaga oid yana bir muhim xabar

Amerika Qo‘shma Shtatlarida yashovchi Stiven Tomas 220 million dollarlik bitcoin hamyoni uchun parolini yo‘qotib qo‘ydi

ISSIQXONALARIMIZDAGI FITOSANITAR HOLAT QANDAY?

TURLI SOXTA HUJJATLAR BILAN CHEGARALARNI KESIB O‘TISHGA URINISH O‘ZBEKISTON VA ROSSIYA QONUNLARIGA KO‘RA, JINOIY JAVOBGARLIKKA TORTILISHGA SABAB BO‘LISHI MUMKIN
Izohlar (0)