Bayden eng kam ish haqini ikki baravarga oshirmoqchi
AQSH prezidenti Jo Bayden pandemiya sharoitida aholini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan farmonga imzo chekdi.
Unga koʻra, federal xizmatchilarga eng kam toʻlov soatiga 15 dollargacha yoki oldingisidan ikki baravarga oshiriladi. Bayden inqiroz oqibatida ishlayotgan oilalarga shoshilinch yordam koʻrsatishga ham topshiriq berdi.
“Buni yengish uchun barcha vositalarga egamiz. Virusni nazoratga olish va iqtisodiyotni oldingi holatiga qaytarish uchun mablagʻimiz yetarli. Odamlarga yordam berish mexanizmlarimiz mavjud. Kelinglar, ularni ishga solamiz”, — dedi prezident.
“Yana 900 ming nafar amerikalik ishsizlik nafaqasi soʻrab murojaat qilganini kecha bildik. 900 ming! Ular ham ish va maoshsiz qadri va hurmatini yoʻqotgan millionlab amerikaliklar qatoriga qoʻshildi”, — qoʻshimcha qildi Bayden.
Baydenning inqirozga qarshi ulkan dasturining katta qismini AQSH Kongressi koʻrib chiqishi kerak. Yangi prezidentning iqtisodiy rejalari qanchalik keng qoʻllab-quvvatlanishini Senatda Federal zaxira tizimi rahbarligiga nomzod Janet Yellen qancha ovoz olishi ham koʻrsatadi.
Oʻtgan juma kuni moliya qoʻmitasi bir ovozda Yellenning tasdiqlanishi uchun tavsiya bergandi, deb xabar beradi daryo.uz.
Foto: “Euronews”
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Angela Merkel Baydenni Germaniyaga taklif qildi
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida mehnat bozori
KORONAVIRUS UCHUN 3 TA VAKTSINANI SOLISHTIRAMIZ: QAYSI SAMARALIROQ?
Balandparvoz gaplar bilan iqtisodiyotni yuritib bo‘lmaydi - Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekistonda korrupsionerlar roʻyxati tuziladi
Yangi-Angren IESdagi portlashda vafot etganlarning yaqinlariga 105 mln soʻmdan berildi
Izohlar (0)