![Navoiy shahrida firibgarlar ushlandi]()
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Navoiy shahar boʻlimlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, NKMKga qarashli 3-avtobaza ishchisi Z.Gʻ. fuqaro M.M. bilan oldindan til biriktirib, boshqa bir fuqaro S.ni avtobazaga 2 000 AQSH dollari evaziga haydovchi vazifasiga ishga kiritib qoʻyishni va’da qilib, oldindan 700 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan
ushlanganlar.Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.