Yerni sotmoqchi bo’lgan firibgar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan DXX bilan hamkorlikda Yangiyoʻl tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.Ch. boshqa bir fuqaro Q.ga oʻzini goʻyoki “V.” fermer xoʻjaligi rahbari deb tanishtirib, unga xoʻjalikning sugʻoriladigan va ball boniteti yuqori boʻlgan yer maydonidan 6 sotixini 9 000 AQSH dollariga sotishni vaʼda qilib, vakolatli tanishlari orqali hujjatlarni tayyorlab berish evaziga oldindan 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)