Respublika mediaforumi Navoiyda
Ertaga Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Navoiy viloyati hokimligi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ hamkorligida viloyatimizda 25-30-mart kunlari “Milliy jurnalistika: anʼanalar davomiyligi va zamonaviylik” mavzusidagi respublika mediaforumi oʻz ishini boshlaydi.
Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri hamda mamlakatimizning barcha viloyatlaridan matbuot, televideniye va internet jurnalistikasi sohasida faoliyat yuritayotgan 100 nafarga yaqin OAV vakillari ishtirok etadi.
Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad qatnashchilarning “Metallurg” profilaktoriy-sanatoriysida sogʻlomlashtirish muolajalarini amalga oshirish, viloyatning diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtirish, mamlakatimizdagi yirik sanoat korxonasi - “Navoiy kon-metallargiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishish koʻzda tutilgan.
Mediaforum doirasida Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasiga Navoiy viloyatidan qabul qilingan yangi aʼzolarga guvohnomalarni tantanali topshirish, Navoiy viloyatidagi bir guruh gazetalar tahririyatlari bosh muharrirlariga “Yurida-Orfo” kompyuter dasturini bepul oʻrnatish uchun sertifikatlarni taqdim qilish ham belgilangan. Bundan tashqari, forum doirasida Uyushma viloyat boʻlimlari raislarining yillik hisobotlari tinglanadi.
Mediaforum dasturiga koʻra, forum ishtirokchilari va navoiylik jurnalistlar uchun Olimjon Oʻsarov, Xurshid Doʻstmuhamedov, Abdusaid Koʻchimov, Sherzodxon Qudratxoʻja, Farmon Toshev, Shuhrat Jabborov, Husan Ermatov, Norqobil Jalilov, Abdurasul Jumaqulov, Chori Latipov, Maqsud Jonixonov singari taniqli ijodkorlar tomonidan mahorat darslari tashkil etilishi ham belgilangan.
Bir soʻz bilan aytganda, ushbu mediaforum bugungi kunda jadal rivojlanayotgan milliy jurnalistikamiz tarixida muhim ahamiyat kasb etuvchi qizgʻin tadbirga aylanadi.
Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Navoiy viloyati boʻlimi

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Ustoz jurnalistga ehtirom: muborak yosh ostonasidagi oʻylar...
Sharafli yoʻl
Navoiyda yangi universitet tashkil etiladi
Navoiyda oʻtkazilgan marafonda viloyat IIBning 500dan ortiq xodimlari faol qatnashib, sovrindorlar qatoridan joy olishdi
Ertadan ob-havo o‘zgaradi
Ikki mamlakat jurnalistlari hamkorligi
Izohlar (0)