Ikki mamlakat jurnalistlari hamkorligi
Oʻzbekiston va Ozarbayjon jurnalistlari oʻrtasida hamkorlik boy tarix va mazmunga ega. Keksa avlod sovet ittifoqi davridagi oʻzaro ijodiy aloqalarni yaxshi xotirlashadi. Mamlakatlarimiz mustaqillik eʼlon qilinganidan keyin Oʻzbekiston va Ozarbayjon jurnalistlari oʻrtasidagi munosabatlar yangi maʼno va mazmun kasb etgani quvonarlidir.
Yaqinda Milliy matbuot markazida oʻtkazilgan Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon Oʻsarovning Xalqaro matbuot instituti Ozarbayjon milliy qoʻmitasi raisi Umud Mirzayev bilan boʻlib oʻtgan muloqotda aynan ikki mamlakat jurnalistlarining hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida ikki davlat ommaviy axborot vositalaridagi yutuq va kamchiliklar, kadrlar almashinuvi, kelajakdagi ijodiy hamkorliklar yuzasidan kelishib olindi. Shuningdek kelgusida amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha bir qator rejalar va yaqin kunlarda memorandum imzolash boʻyicha oʻzaro kelishuvga erishildi. Ayni damda memorandumning bandlari boʻyicha tomonlar oʻrtasida muloqot olib borilmoqda.
Ayni kunlarda Yangi Oʻzbekistonda ochiqlik siyosatiga, OAVning jamiyatdagi oʻrniga katta eʼtibor qaratilayotganligi taxsinga sazovordir.
Darvoqe, joriy yilning sentyabr oyida bir guruh jurnalistlar Ozarbayjonga ijodiy tashrif buyurishdi. Bu kabi aloqalar ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstlik rishtasini yanada mustahkamlashda muhim oʻrin tutadi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
MATBUOT FORUMI OʻTKAZILADI
“Anadolu-2021”: Oʻzbekiston harbiylari Turkiyada oʻtkazilayotgan xalqaro harbiy mashqlarda ishtirok etmoqda
Oʻzbekiston — Amerika aloqalari ijobiy oʻsish surʼatlarda
Diniy taʼlim muassasalarida qaysi fanlardan imtihon olinishi maʼlum boʻldi
O’zbekistonda yangi fond tashkil etildi.Fond rahbari esa Sherali Jo’rayev
“University Cyber Cup”da Inha universiteti jamoasi sovrindor boʻldi
Izohlar (0)