Sharafli yoʻl

Navoiy shahrining barpo boʻlishiga ham yer qaʼridagi maʼdanlaru, bebaho yer osti boyliklari sabab boʻldi. Dashtu biyobonlardagi uran, oltin konlari shaharni yanada mashhur qildi. Viloyatda shaharu qoʻrgʻonlar barpo boʻlib, zamonaviy sanoat hududlari taraqqiy etdi. Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi 5-kon boshqarmasi ham oʻzining sharafli yoʻliga, tarixiga ega. Boshqarma tashkil topganligining 50 yilligini ishchiyu xodimlari, Zafarobod qoʻrgʻoni aholisi keng nishonlamoqda.
Boshqarma 1993-yilda Navoiy kon-metallurgiya kombinati tarkibiga kiritilgandan soʻng oʻzining haqiqiy taraqqiyot yoʻliga ega boʻldi. Sohaga zamonviy texnologiyalar, ilm-fanning eng soʻnggi yutuqlari, innavatsion ishlanmalar izchil tatbiq etilishi maʼsulot ishlab chiqarish koʻlamini yanada oshirish, mahsulot tannarxini pasaytirish, sarflarni qisqartirishi mkonini bermoqda.
- Hozirgi vaqtda kon boshqarmasi tarkibida toʻrtta geotexnologik konlari mavjud boʻlib, ular tomonidan 14 ta kon zaxiralari qazib olish boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, 2026-yilga qadar yana beshta yirik konlarni oʻzlashtirish koʻzda tutilgan.Mahalliylashtirish dasturi doirasida 2021-yilda jami 7,1 milliard soʻmdan ortiq AR-0 markali ammoniy perrinati, uran oksidini qayta ishlovchi texnologik qurilmalar va yangi tipdagi burgʻulash uskunalari uchun jami 6 turdagi tayyor mahsulot ishlab chiqarildi, deydi 5-kon boshqarmasi direktori V. Nazarov.

Konchilar maskani boʻlgan Zafarobod qoʻrgʻoni infratuzilmasini yaxshilash va ijtimoiy rivojlantirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.

Majmuada suzish basseyni, fitnes xonalar, musiqa toʻgaraklari, rassomchilik, folklor toʻgaraklari har doim navjum. Bu toʻgaraklarda yoshlar nozik sanʼat sirlarini oʻrganishadi.


“Yangi hayot” sogʻlomlashtirish majmuasida moʻjazgina kutubxona boʻlib, bu joy 15 mingga yaqin kitoblar bilan boyitilgan.
- Mazkur majmua Zafarobod qoʻrgʻoni aholi va kon-metallurgiya kombinati ishchilari va oilasi uchun xizmat koʻrsatadi. Majmuada 12 ta sport toʻgaraklari, 8 ta madaniyat toʻgaraklari mavjud. Ishchilar va toʻgarak aʼzolari bilan birga majmuada jami 1500 kishi qamrab olinadi, deydi “Yangi hayot” sogʻlomlashtirish majmuasi direktori G. Yoʻldosheva.
Tasviriy sanʼat toʻgaragi qatnashchisi Feruza Tursunboyeva 3 yildan boʻyon ushbu toʻgarak aʼzosi.
- Rasm chizish menga juda yoqadi. Ulgʻayib, dizayner boʻlish istagim. Shuning uchun ustozimdan astoydil rasm chizish sirlarini oʻrganyapman, - deydi u.

Majmuada sport ishlari namunali yoʻlga qoʻyilib, chempionat gʻoliblari ham yetishib chiqmoqda:
- Faxriylar va yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida ishtirokchilarimiz 3 ta 1-oʻrin, 2 ta 2-oʻrin, 3 ta 3-oʻrinni egallashdi, -deydi sport yoʻriqchisi E. Yelmuratov.


5-kon boshqarmasi tasarrufidagi qoʻrgʻonu, sogʻlomlashtirish, maʼnaviyat, madaniyat maskanlari ishchilar, aholi uchun xizmatda. Bularning barchasi mehnatkashlarga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlikning amaldagi namunasidir.


Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Navoiyda zamonaviy maʼnaviyat va maʼrifat maskani barpo etiladi

4 ta viloyatda qoʻgʻirchoq teatri quriladi

Oʻzbekistondagi 5476 ta koʻprik va yoʻl oʻtkazgichlar taʼmirtalab holga kelib qolgan

NAVOIY – FAXRIMSAN MENING!

Maktablarga direktorlar tayinlandi

Turkmaniston prezidenti oʻgʻlini Bosh vazir oʻrinbosari etib tayinladi
Izohlar (0)