Navoiyda oʻtkazilgan marafonda viloyat IIBning 500dan ortiq xodimlari faol qatnashib, sovrindorlar qatoridan joy olishdi
Respublika yengil atletika va triatlon federatsiyalari, Navoiy viloyati hokimligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Navoiy viloyati IIB hamkorligida Navoiy shahrida “Yangi nafas” loyihasi doirasida ommaviy marafon tadbiri boʻlib oʻtdi. Keng jamoatchilik, hokimlik va korxona tashkilotlar rahbarlari hamda xodimlar ishtirok etgan mazkur marafonda 3000 metr masofani 5000dan ortiq qatnashchi bosib oʻtdi.
Gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ishtirokchilar viloyat hokimligining qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandilar. Ular safida viloyat IIB xodimlarining ham borligi quvonarli, albatta.
-Bugungi marafon yuqori kayfiyatda oʻtdi, - deydi, IIB Kadrlar boshqarmasi xodimi, kapitan F.Begboyev. Unda Ichki ishlar xodimlari ham oʻz oila aʼzolari bilan faol qatnashib yaxshi natijalarni qayd etishdi. Jumladan, IIB “Eng yaxshi hamkor tashkilot” nominatsiyasida gʻolib deb topilib, koʻplab xodimlarimiz mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi. Tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiramiz.
Bu kabi ommaviy tadbirlarning tashkil etilishi viloyatimiz aholisiga oʻz salomatliklarini yanada yaxshilashga koʻmak beradi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Namanganda ilk bor tashkil etilgan dron shou
Internetda tarqalgan videolar sabab 28 nafar ichki ishlar xodimi lavozimidan ozod etilgani maʼlum qilindi
NAVOIY VILOYATIDAGI MAHALLIY HOKIMLIKLAR AYRIM QARORLARI BEKOR QILINAYOTGANLIGINING ASOSIY SABABI OCHIQLANDI
“University Cyber Cup”da Inha universiteti jamoasi sovrindor boʻldi
Taʼsirli savollarga natijali javoblar kutiladi
NAVOIY VILOYATIDA 2021-YILDA IJTIMOIY SOHADA QANDAY YIRIK LOYIHALAR AMALGA OSHIRILADI?
Izohlar (0)