Navoiy shahrida futbol maydonchasi qurish uchun ajratilgan yer maydonining sotilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Oʻ.H. oʻziga Davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida Navoiy shahri, “Kimyogar” MFY hududidan sun’iy qoplamali futbol maydonchasi va yordamchi bino ob’yektini qurish uchun ajratilgan 9,9 sotix yer maydonini fuqaro A.ga savdo majmuasini qurish uchun firibgarlik yoʻli bilan 50 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, majmuani qurib boʻlgach tanishlari yordamida faoliyat turini oʻzgartirish bilan bogʻliq hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga oldindan 30 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)