QADRIYATLAR MILLAT MA’NAVIYATINING KO‘ZGUSI
Moziyga nazar soldim,
Buvimdan bilib oldim
Haqiqatning barini –
Karvonsaroy sirini.
Navoiyda asl oti
Malikrabot – Shoh Raboti.
Ne-ne ulug‘ zotlar unda
Mehmon bo‘lib o‘tgan kunda.
Ipak yo‘li o‘tgan joy,
Navoiy ham qo‘ygan poy.
Karvonsaroy – dabdaba,
Yonida-chi Sardoba.
Karvonlarda o‘tganlar
Suv ichib ham ketganlar.
Sug‘organ tuyalarni,
Otlar-u biyalarni.
O‘n birinchi asrda,
Karmanada bir cho‘lda
Shamsulmulk Qoraxoniy
Qurgan, noyob, abadiy.
Ta’mirlagan Arslonxon,
Mana, mustahkam hamon.
Ne zamon xizmat qilgan,
Qo‘noqqa himmat qilgan.
Karvonlarda bobolar,
Yosh qizlar-u bolalar.
Tuyalarda yigitlar
Yo‘l yurib manzil ketar.
To‘xtab o‘tishar shunda
Malikrabotda kunda.
Sardoba ham xizmatda,
Suv kerak-da, albatta!
Xullas, shunday bobolar
Qurgan noyob binolar.
Hojatbarorlik qilgan,
Ko‘plardan duo olgan.
Hamon rostlagan qaddin,
Yo‘qotmagan qimmatin.
Biz ham ularni asrab,
Kelajakka avaylab
Yetkazaylik meroslab,
Tursin mag‘rur qad rostlab!!!
Farida FARMONOVA
Navoiy shahar 5-IDUM 7-“A”sinf o‘quvchisi
Buvimdan bilib oldim
Haqiqatning barini –
Karvonsaroy sirini.
Navoiyda asl oti
Malikrabot – Shoh Raboti.
Ne-ne ulug‘ zotlar unda
Mehmon bo‘lib o‘tgan kunda.
Ipak yo‘li o‘tgan joy,
Navoiy ham qo‘ygan poy.
Karvonsaroy – dabdaba,
Yonida-chi Sardoba.
Karvonlarda o‘tganlar
Suv ichib ham ketganlar.
Sug‘organ tuyalarni,
Otlar-u biyalarni.
O‘n birinchi asrda,
Karmanada bir cho‘lda
Shamsulmulk Qoraxoniy
Qurgan, noyob, abadiy.
Ta’mirlagan Arslonxon,
Mana, mustahkam hamon.
Ne zamon xizmat qilgan,
Qo‘noqqa himmat qilgan.
Karvonlarda bobolar,
Yosh qizlar-u bolalar.
Tuyalarda yigitlar
Yo‘l yurib manzil ketar.
To‘xtab o‘tishar shunda
Malikrabotda kunda.
Sardoba ham xizmatda,
Suv kerak-da, albatta!
Xullas, shunday bobolar
Qurgan noyob binolar.
Hojatbarorlik qilgan,
Ko‘plardan duo olgan.
Hamon rostlagan qaddin,
Yo‘qotmagan qimmatin.
Biz ham ularni asrab,
Kelajakka avaylab
Yetkazaylik meroslab,
Tursin mag‘rur qad rostlab!!!
Farida FARMONOVA
Navoiy shahar 5-IDUM 7-“A”sinf o‘quvchisi
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)