DEPUTАTLАRNING HАYDOVCHILАR FOYDАSIGА TАSHАBBUSI
Оliy majlisning uch nafar deputati yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid ayrim javobgarlik choralarini yengillashtirishmoqchi. Kun.uz muxbirining xabar berishicha, deputatlar – E.Salixov, F.Eshmatov va K.Tojiev ishlab chiqqan qonun loyihasida quyidagi takliflar ilgari surilgan:
- maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi ayrim turdagi qoidabuzarliklarga nisbatan bazaviy hisoblashning «eng kam» va «eng ko‘p» miqdorda belgilangan jarimalarning minimal darajasini qo‘llash;
- takroran sodir etilgan baʼzi huquqbuzarliklarga nisbatan jarimalar miqdorini kamaytirish;
- ayrim huquqbuzarliklarga nisbatan jarimalar miqdorini oqibatidan kelib chiqqan holda belgilash.
- bundan tashqari, hukumatning ayrim qarorlariga ham quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda:
- avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tgan hududidan qatʼi nazar, respublikaning istalgan hududida texnik ko‘rikdan o‘tkazishga ruxsat berish;
- haydovchilik guvohnomalarini berish jarayonlarida inson omilini kamaytirishga qaratilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish;
- haydovchilik guvohnomalarini yo‘qotgan (o‘g‘irlangan, yong‘in, tabiiy ofat oqibatida va boshqa hollarda) shaxslarga dublikat berish tartibini soddalashtirish.
Ishlab chiqilayotgan qonun loyihalari qonunchilik palatasiga belgilangan tartibda kiritilib, siyosiy partiyalar fraksiyalari muhokamalaridan so‘ng, qonunchilik palatasi yalpi majlislarida ko‘rib chiqiladi.
Qonunchilik palatasining mudofaa-xavfsizlik qo‘mitasi deputatlari to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni ham kamaytirmoqchi ekanliklarini bayon etishgan.
Yo‘l harakati qoidalariga kiritadigan ushbu o‘zgarishlar yo‘lovchilarga anchayin yengillik berib ko‘pdan qiynab kelayotgan muammolarga yechim topilsa ajab emas. Voqealarni kuzatishda davom etamiz. muhim jarayonlar hali oldinda!..
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
SOLIQ IMTIYOZLARI FAROVONLIK UCHUN XIZMAT QILADI
YANGI YILNI XAVFSIZ KUTIB OLAYLIK!
KORONAVIRUS UCHUN 3 TA VAKTSINANI SOLISHTIRAMIZ: QAYSI SAMARALIROQ?
NAVOIY – FAXRIMSAN MENING!
NUKUS SHAHRIDA YOʻLNI TOʻSIB QOʻYGAN AYOLLARNING 591 MLN SOʻMLIK TOʻLANMAGAN ISH HAQI BUGUN TOʻLIQ BERILADI
PREZIDENTIMIZ SHAVKAT MIRZIYOYEV QISHGA TAYYORGARLIKDA YO‘L QO‘YILGAN KAMCHILIKLARNI TANQID QILDI
Izohlar (0)