YANGI YILNI XAVFSIZ KUTIB OLAYLIK!
Navoiy shahar hududida yangi yil bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish davrida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish hamda Favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat quyi tizimi xizmatlari kuch va vositalarini tezkor boshqarish, o‘zaro hamkorlikdagi harakatlarini muvofiqlashtirish maqsadida Navoiy shahar “yig‘ma komandasi” ishtiroki ta’minlandi. Maxsus-taktik o‘quv mashqiga 52 nafar ishtirokchi, 14 ta maxsus texnika jalb etildi.
Navoiy shahar hududida yangi yil bayrami tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish davrida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ular sodir bo‘lganda oqibatlarini bartaraf etish maqsadida tashkil etilgan “yig‘ma komanda” hamda Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimi xizmatlari shaxsiy tarkibi va texnikalarining navbatchiligi tashkil etilishi belgilandi.
Navoiy viloyat hokimligi binosi qarshisidagi maydondagi “Yangi yil” archasi atrofida joylashgan yong‘inga qarshi suv ta’minotining yer osti suv olgichlari sozligi o‘rganib chiqildi. Bayram tadbiri o‘tkaziladigan joyning atrofida joylashgan tadbirkorlik sub’ektlarida yong‘in profilaktik ko‘riklari o‘tkazilib, yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Olim AXMEDOV,
Navoiy shahar FVB boshlig‘ining o‘rinbosari,
podpolkovnik.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)